Turkiya harbiy-havo kuçlari samolyotlari oxirgi 3 kun içida Gretsiya havo hududiga 37 marta bostirib kirdi, deb yozmoqda Gretsiya mudofaa vazirligidagi amaldorlarga iqtibos keltirgan holda Times naşri.

Parvozlarda F-4 qiruvçi-bombardimonçi hamda köp maqsadli F-16 qiruvçi samolyotlari iştirok etgan. 27 mart kuni Turkiyaning CN-235 razvedka samolyoti Gretsiya hududini 16 marta buzgan. 

Harbiy tahlilçi Atanasios Drugosning fikriça, turk samolyotlarining Gretsiyaga bostirib kirişi nafaqat borgan sari köpaymoqda, balki iğvogarroq köriniş olmoqda.

"Ular nodöstona harakat qilişmoqda, Gretsiya havo hududiga çuqurroq kirib borişmoqda, aholi yaşaydigan hududlar ustidan uçib ötişmoqda", deb aytgan mutaxassis.

Turkiya va Gretsiya örtasidagi munosabatlar Gretsiya sudi Turkiyadagi davlat töntaruviga urinişişga aloqador deb gumon qilingan 8 nafar turk harbiysini yanvar oxirida Turkiyaga berişdan boş tortgandan keyin keskinlaşgan.