Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev “Özbekipaksanoat” uyuşmasi faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisidagi qarorga imzo çekdi.

Qarorga köra 2023 yil 1 yanvargaça ipak qurti uruğini işlab çiqariş, pillani yetiştiriş, tayyorlaş va qayta işlaş, tayyor ipak mahsulotlar hamda pillaçilik tarmoği uçun yordamçi materiallarni (sun'iy pilla öraş dastalari) işlab çiqarişdan olinadigan daromadlar – yuridik şaxslarning yagona soliq tölovini tölaşdan; “Özbekipaksanoat” uyuşmasi tarkibiga kiruvçi taşkilotlar hamda ipak qurti uruğini işlab çiqariş, pillani tayyorlaş va qayta işlaş taşkilotlari tomonidan olib kelinadigan pilla yigiriş va ipak gazlama töqiş dastgohlarining ehtiyot qismlari, tut daraxti köçatlari, ipak qurtining superelita, elita va sanoat uruğlari Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan röyxat böyiça bojxona tölovlaridan (bojxona rasmiylaştiruvi yiğimlaridan taşqari) ozod etiladi.

Uy şaroitida tirik pilla yetiştiriş bilan şuğullanuvçi (kasanaçi)lar – jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği tölaşdan ozod etiladi. Şuningdek pilla yetiştiruvçi taşkilotlar – pilla yetiştiriş bilan şuğullanuvçi kasanaçilar va boşqa işçi-pillakorlar mehnatiga haq tölaşga yönaltiriladigan mablağlari böyiça yagona ijtimoiy tölovdan ozod etilsin va bundan böşagan mablağlar kasanaçilar va işçi-pillakorlarni moddiy rağbatlantirişga yönaltiriladi.

Özbekiston Respublikasi Qişloq va suv xöjaligi vazirligi hamda Mehnat vazirligining pillaçilikni, pillaçilik tarmoği işçilari va tirik pilla yetiştiriş bilan şuğullanuvçi kasanaçilarni qonun hujjatlarida tasdiqlangan töliq bir mavsum işlangan davrlari ularga pensiya tayinlaş uçun bir yil mehnat stajiga ötadigan mavsumiy işlar va sanoatning mavsumiy tarmoqlari röyxatiga kiritiş töğrisidagi taklifi qabul qilindi.