Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda yetti yangi erkin savdo zonasi yaratiladi
Xitoy yetti yangi tajribaviy erkin savdo zonasini yaratadi. Ular mamlakatda o‘tkazilayotgan iqtisodiy islohotlar jarayonlarini faollashtirishga imkon berishi hamda uning ochiqlik darajasini oshirishi kutilmoqda. Bu haqida XXR Davlat kengashining matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur qaror 1 apreldan kuchga kiradi - natijada Xitoy hududida 11 maxsus savdo zonasi faoliyat yuritadi. Ular Lyaonin (XXR shimoli-sharqi), Chjetszyan (sharq), Xenan va Xubey (markaz), Sychuan (janubi-g‘arb), Shensi (shimol) provinsiyalari, shuningdek markaziy hukumat nazorati ostidagi Chuntsin shahrida joylashadi.
Erkin savdo zonalariga doir qaror Xitoydagi innovatsion jarayonlarga rag‘batlantiruvchi ta'sir ko‘rsatishi hamda "kamar va yo‘l" konsepsiyasini amalga oshirishda asosiy strategik chora hisoblanishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Xitoydagi birinchi erkin savdo zonasi 2013 yilning 29 sentabrida Shanxayda ishga tushirilgan.
Mavzuga oid
20:57 / 02.07.2026
Pekindagi osmono‘par binoga urilgan samolyot uchuvchisi ruhiy kasal bo‘lgani aytildi
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026