Bugun, 30 mart kuni Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev belgilangan vazifalar ijrosi, tizimdagi muammolar va sohalarning rivojlaniş istiqbollariga bağişlangan videoselektor ötkazdi.

Bugungi selektorda soha va tizimda şu davrgaça amalga oşirilgan işlar böyiça hisobotlar taqdim etildi. 

«Özbekiston» telekanali «Axborot» dasturida berilgan lavhada aytilişiça, videoselektorda köp qavatli uy-joylarni ta'mirlaş, kommunal, soğliqni saqlaş sohalari, içki işlar tizimidagi mavjud muammolarni bartaraf etiş masalalari körib çiqilgan.

Videoselektorda iştirok etgan manbaning ma'lumot berişiça, prezident asosan Içki işlar tizimidagi kamçiliklar haqida gapirgan. 

Prezident 25 mart kungi şahar aylanişdan köngli tölmagan. U köpriklar qurilişi böyiça olib borilgan işlar va militsiya faoliyatidan qoniqiş hosil qilmagan.

Yunusobod tumani rahbariyati faoliyati keskin tanqid qilingan. Aynan şu sababdan nafaqat tuman hokimi, balki, Soliq boşqarmasi, prokuratura va IIB rahbarlari ham işdan olingan.

Majlisda Toşkent şahri hokimi, prokuror, IIB boşliği hamda Soliq boşqarmasi rahbariga yöl qöyilgan kamçiliklarni bartaraf etiş uçun 2 oy muhlat berilgan.

Mirziyoyevning taşrifidan keyin Yunusobodda hokim özgardi