Mamlakat konstitutsiyasiga özgartişlar kiritişga qarşi fikr bildirayotgan namoyişçilar Paragvay poytaxtidagi Kongress binosiga öt qöyişdi. Bu haqda Ultima Hora öz saytida xabar qilmoqda. Konstitutsiyaga özgartişlar amaldagi prezidentni ikkinçi muddatga qayta saylanişiga ruxsat berişni közda tutadi.

Uning yozişiça, Kongressning birinçi qavati alanga domida qolgan. Öt qöyiş vaqtida bino içida odamlar bölgan. 

Paragvay prezidenti Orasio Kartesning bayonot berişiça, Kongress binosiga öt qöyganlar ortida respublikadagi demokratiyaga qarşi turuvçi kuçlar bor. 

"Kongress binosidagi yonğin siyosat va OAVlariga kiritilgan paragvayliklar guruhi öz maqsadlariga yetiş uçun barça narsaga tayyorliklarini körsatadi. Ular – mamlakatdagi demokratiya, siyosiy va iqtisodiy barqarorlikni izdan çiqarişmoqçi", - deyiladi davlat rahbari bayonotida. 

Prezident, şuningdek, "fuqarolarni tinçlikni saqlaşga va zöravonliklarni tarğib qilayotganlar ortidan yurmaslikka" çaqirgan. "Işonçingiz komil bölsin, hukumat mamlakatda tartibni saqlaş uçun barça çoralarni köradi", - degan Kartes.

Prezidentni qöllab-quvvatlovçi 25 nafar senator davlat rahbari va vitse-prezidentga ikkinçi muddatga saylaniş huquqini beruvçi qonun loyihasini ma'qullaganidan söng, Kongress binosiga öt qöyilgan edi. Ovoz beriş çoğida 45 örinli yuqori palataning boşqa a'zolari va uning raisi Roberto Asevedo qatnaşmagan. 

Politsiya rezina öqlar va suvpurkagiçlardan foydalangan holda namoyişçilarni tarqatişga uringan. Bunga javoban, tartibni saqlaş kuçlari toşböron qilingan. Tartibsizliklar oqibatida jabrlanganlar borligi aytilmoqda. 

Senat taşabbusi yaqin orada Deputatlar palatasi tomonidan muhokama qilinadi. Bu yerda ham aksariyat prezident tarafdorlari hisoblanadi. Qonun davlat rahbari tomonidan imzolansa, Paragvayda referendum bölib ötadi. Uning natijasiga köra, prezident ikkinçi muddatga saylaniş imkoniga ega bölişi yoki bölmasligiga oydinlik kiritiladi.