Tahririyatga Buxoro viloyati Jondor tumani Tobagar qişloğida yaşovçi fuqarodan maktub kelib tuşdi. 

Unda qayd etilişiça, qişloq tuman markazidan 8 kilometr uzoqlikda joylaşgan bölib, aholisi 3 mingdan ziyodni taşkil qiladi. Qişloqda 1 ta QVP mavjud bölib, 5 mingdan ziyod aholiga tibbiy xizmat körsatib kelmoqda. 

Yozilişiça, yaqinda aholi örtasida QVP yopilişi va qişloq aholisi tibbiy xizmat uçun tuman markaziga yoki qöşni qişloqqa borişi töğrisida miş-mişlar paydo bölgan. Maktubda QVP yopiladigan bölsa qişloq aholisiga birmunça qiyinçiliklar tuğdirilişi haqida aytilgan. Uşbu holat yuzasidan fuqarolar tomonidan Özbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga qilingan murojaatga tuman hokimligi tomonidan yöllangan javobda "Joriy yilning 5 yanvar hamda 7 fevral kunlarida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.M.Mirziyoyev tomonidan ötkazilgan videoselektor yiğilişi" vaj qilib körsatilgan. 

“Savolga aniq javob qilinmagan, holbuki muhtaram Prezidentimiz har bir sözlarida "Odamlarga şaroit yaratiş, odamlarni rozi qiliş, odamlarning ertangi kunga bölgan işonçini orttiriş" eng asosiy vazifa ekanligi töğrisida jöşib gapirmoqdalar”, - deyiladi maktubda.

Tahririyatga viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi tomonidan uşbu holat böyiça yuborilgan ma'lumotda aytilişiça, murojaat tuman tibbiyot birlaşmasi tegişli soxa mutaxassislari iştirokida joyida atrofliça örganib çiqilgan.

Aytilişiça “Jondor tuman tibbiyot birlaşmasiga qaraşli “Tobagar” qişloq vraçlik punkti 1953 yilda qurilgan eski sport majmuasida joylaşgan bölib, bino sanitariya talablariga javob bermasligi, sifatli tibbiy xizmat uçun xonalar yetişmasligini inobatga olib mazkur QVPni şifokorga uy-joy sifatida qoldirib, tunu-kun axoliga şoşilinç tibbiy yordam körsatuvçi vraçning xizmat uyiga aylantiriş közda tutilgan”.

Yangidan taşkil qilinadigan “Zarafşon” poliklinikasi bilan mazkur QVP orasidagi masofa 5 km. taşkil qilişini inobatga olib mazkur QVP aholisini poliklinikaga biriktiriş rejalaştirilgani bildirildi.