10:39 / 03.04.2017
11554

Ellikqal'a tumanida 3 nafar hokim o‘rinbosari tayinlandi

Xalq deputatlari tuman Kengashining yigirmanchi sessiyasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Zumrad Bekatova, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qilish organlari hamda kun tartibidagi masalalarga aloqador korxonalar, muassasalar, ovul va mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, jamoatchilik tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi, deb xabar bermoqda Kruz.uz.

Kun tartibidagi birinchi masala bo‘yicha Xalq deputatlari tuman Kengashining “Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishni, dori vositalari ta'minotini yanada yaxshilash, ushbu sohadagi qonunchilikni amaliyotga samarali tadbiq etishga ko‘maklashish, shuningdek bu sohada nazoratni samarali amalga oshirish bo‘yicha komissiyasi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida komissiya raisi Nabira Abduramanovaning axboroti tinglandi. Shundan so‘ng Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Z. Bekatova, tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i R. Zaripov so‘zga chiqib ushbu sohada amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Sessiya kun tartibidagi ikkinchi masala bo‘yicha Ravshanbek Matchanov tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Valijan Niyazimbetov tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari hamda Ma'murjon Xasanov tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlariga tayinlanishi hakidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining farmoyishlari tasdiqlandi.

Deputatlarga sessiya kun tartibidagi masalalar bo‘yicha qaror loyihalari taqdim etildi va deputatlar tomonidan bir ovozdan ma'qullandi.

Top