Özbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi mamlakat aholisini zaharli qöziqorinlardan saqlanişga çaqirdi.
FVV ma'lumotlariga köra, yer yuzida qöziqorinlarning 100 000 dan ortiq botanik turlari mavjud bölib, Özbekiston hududida ularning 300 dan ziyod turi mavjud. Biroq şulardan atiga 25 turigina iste'mol uçun yaroqli hisoblanadi.
“Respublikamiz hududida ösadigan qöziqorinlarning 275 turi zaharli hisoblanadi. Ularning tarkibida turli xil kuçli zaharli moddalar mavjud bölib, qöziqoringa qançalik işlov berilmasin (qaynatiş, qovuriş, dimlaş, dudlaş, marinadlaş), tarkibidagi zaharli moddalar yöqolib ketmaydi hamda oşqozon-içak fermentlari ta'sirida parçalanmaydi, iste'mol qilgan insonlarni zaharlanişga, oğir hollarda esa – ölimga olib keladi”, - deyiladi vazirlik xabarida.
Respublikaning ba'zi jamoa va şirkat xöjaliklariga maxsus issiqxonalarda iste'mol uçun yaroqli bölgan “veşenka” va “şampinon” qöziqorin turlarini yetiştiriş va savdo qiliş uçun ruxsat berilgan.
Madaniy şaroitda yetiştirilayotgan qöziqorinlar va ulardan tayyorlangan konserva mahsulotlariga sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati nazoratining laboratoriyalarida tahlil qilinib, inson soğligi uçun zararsiz deb topilgan taqdirda gigiyenik sertifikat beriladi. Ana şunday qöziqorinlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlarni savdo şoxobçalaridan xarid qiliş heç qanday xavf tuğdirmaydi.
Zaharlaniş belgilari: Zaharli qöziqorinni bilmay iste'mol qilgan kişilar 6-12 soat vaqt ötganidan söng köngli aynab, tez-tez qayt qiladi. Oşqozon-içak faoliyati buzilib, qorinda oğriq paydo böladi va butun a'zoyi badani böşaşib ketadi.
Organizmga zarari: qöziqorin tarkibidagi zaharli moddalar jigar, buyrak, me'da osti bezi va markaziy asab tizimi a'zolarini qattiq şikastlaydi.

















