«Inter» yarimhimoyaçisi Ivan Perişiç faoliyatini Angliyada davom ettirişi mumkin. Bu haqda La Gazzetta dello Sport naşri xabar tarqatdi.

Manba bergan ma'lumotga köra, «Mançester Yunayted» 28 yoşli xorvatiyalik vingerning transferi böyiça bir neça haftalardan buyon muzokaralar ötkazib kelmoqda. Perişiçning öyini boş murabbiy Joze Mourinoning şaxsan öziga ma'qul kelgan.

Hozirda Mançester klubi futbolçiga «Çelsi» tomonidan bölayotgan qiziqişlar sabab ança faollaşib qolgan. «MYu» Perişiç uçun Milan talab qilayotgan 60 million yevroni tölaşga tayyor bölib turibdi.

«Inter» moliyaviy «feyr-pley» talablarini buzmaslik uçun 30 iyunga qadar öz futbolçilaridan birini sotişni reja qilgan. Şundan keyin klub katta miqdorda pul sarflab transferlarni amalga oşirişi mumkin böladi.