2013 yildan Toshkent shahrida 3 691 ta noqonuniy qo‘shimcha qurilmalar buzildi va turar-joylar fasadlarining dastlabki ko‘rinishlari tiklandi, xususan 2013 yilda - 1076 ta, 2014 yilda - 702 ta, 2015 yilda - 354 ta, 2016 yilda - 1559 ta.
Kommunal xizmat sifatini oshirish va shahar aholisining qulay yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida Toshkent shahar hokimiyatining hududiy kommunal foydalanish birlashmasi tomonidan sohada zamonaviy energosamarali texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha turli innovatsion loyihalar amalga oshirilmoqda.
Ko‘p xonadonli uylarning zinapoyalarini quyosh panellaridan yoritish bo‘yicha pilot loyihalari amalga oshirilgan.
Toshkent shahrida jami 10 ta ko‘p xonadonli uylarning tom qismida, ko‘p xonadonli uylarning uy ichi zinapoyalarini yoritish uchun quyosh batareyalari o‘rnatildi. Jumladan, Mirobod tumani Oybek ko‘chasi bo‘ylab 49-uyda va Eski Sarako‘l ko‘chasi 8-uyda, Sergeli tumani, Sergeli-6 dahasi 6-uyda, Uchtepa tumani Chilonzor 21 dahasi 29-uyda, Yunusobod tumani Yunusobod 6 dahasi 8-uyda, Yakkasaroy tumani Boshliq dahasi 27-uyda, Shayxontohur tumani M-15 dahasi 10-uyda, Olmazor tumani Sebzor dahasi 3A-uyda, Hamza tumani Lisunova 4-mavzesi 5- va 10-uyda.
Umumiy quvvati 315 kVt/soat bo‘lgan, Mirobod tumani Oybek ko‘chasi 9 qavatli 34 xonadonli 42-sonli uyda quyoshli gelioqurilmali mahalliy qozonxona o‘rnatildi. Mahalliy qozonxona jihozlari "Termostek" MChJ (Vengriya) tomonidan, quyoshli kollektorlar "Solar city solushion" MChJ tomonidan o‘rnatilgan.
"Toshissiqquvvati" IChB UKning issiqlik energiyasi uchun xarajatlari 4 245 000 so‘mni tashkil qiladi. Yangi mahalliy qozonxona xarajatlari 3 251 304 so‘mni yoki oyiga 998 696 so‘mga kam xarajatni tashkil qildi. Bu esa aholi uchun tariflarning pasayishida aks etadi.
2015 yilda "TTZ" va "Yugnakiy" dahalarida














