Instagram’da Qozoğistonning Qarağanda şahrilik tilançi qizça bilan boğliq video paydo böldi. Unda qizçaning böyniga arqon osilganini köriş mumkin, deb xabar bermoqda Nuz.kz naşri.
Ma'lum bölişiça, huquqni muhofaza qiliş idoralari bu videodan avvalroq paydo bölgan fotosuratlarda bolalarning özi bir-birlarini ustunga boğlab qöyişgani tasvirlangani haqida xabar berişgan.
Internetda ilk fotosuratlar paydo bölgaç, politsiya OAVga bolalar öynagani haqida xabar berdi. Şuningdek qandaydir noma'lum erkak 50 tenge evaziga ularni suratga tuşirgani haqida ma'lumotlar paydo böldi. Uşbu videoda esa bolani ayol kişi boğlab qöyganini köriş mumkin.
Bunday avval ustunga arqon orqali boğlab qöyilgan bola fotosuratlari internetda katta şov-şuvga sabab bölgandi.
Keyinçalik Qarağanda viloyati içki işlar departamenti reyd ötkazilgani va uning davomida tört nafar voyaga yetmagan tilançi aniqlangani haqida xabar berdi.
Qölga olingan qizçalardan biri ustunga boğlab qöyilgan bola ekani aniqlangan. U huquqni muhofaza qiliş idorasi vakillariga ustunga hazil tufayli boğlab qöyilganini aytgan.
















