6-7 aprel kunlari Toşkent şahrida Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi Taşqi işlar vazirlari kengaşining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi. Bu haqda Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Yiğiliş qatnaşçilarini Özbekiston taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov qarşi oldi.

Yiğilişga Rossiya tomoni raislik qildi. Rossiya tomonidan mamlakat taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov iştirok etdi.

Unda şuningdek, Armaniston taşqi işlar vaziri Edvard Nalbandyan, Belarus taşqi işlar vaziri Vladimir Makey, Qirğiziston taşqi işlar vaziri Erlan Abdildayev, Qozoğiston taşqi işlar vaziri Kayrat Abdraxmanov, Tojikiston taşqi işlar vaziri Sirodjidin Aslov qatnaşdi.

Moldova tomonidan mamlakat taşqi işlar va Yevropa bilan integratsiya vaziri örinbosari Lilian Dariy, Ozarboyjondan taşqi işlar vaziri örinbosari Xalaf Xalafov, Turkmanistondan taşqi işlar vaziri örinbosari Vepa Xadjiyev va MDH Ijroiya qömitasi raisi — Ijroçi kotibi Sergey Lebedev iştirok etişdi.

Delegatsiyalar rahbarlari taşkilot faoliyatining turli yönalişlaridagi hamkorlikning hozirgi holati va rivojlaniş istiqbollari, xalqaro va mintaqaviy masalalardagi uning roli va örnini kötarişni muhokama qildilar.

Tadbirda mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlaş, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni çuqurlaştiriş hamda MDH iştirokçi-davlatlarining barqaror rivojlanişini ta'minlaşning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almaşildi.

Kun tartibiga köra MDH iştirokçi davlatlari taşqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan 15ta hujjat körib çiqildi. Ulardan 9tasi Hamdöstlikning Davlat rahbarlari kengaşi va may oyida bölib ötadigan Hukumat rahbarlari kengaşiga muhokama uçun kiritiladi.

Hujjatlar Hamdöstlik mamlakatlarining taşqi siyosat, huquqiy, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi hamkorligi masalalarini qamrab oladi.

Iştirokçilar xristian, musulmon va boşqa konfessiyalarni kamsitiş va ularga nisbatan murosasiz munosabatda bölişga yöl qöymaslik töğrisida Bayonotni qabul qildilar. Hujjatda diniy mansublik va e'tiqodiga asoslangan holda ayrim şaxslarga nisbatan murosasiz munosabatda böliş, kuç işlatiş va terrorçilik harakatini amalga oşiriş holatlari davom etayotganligi sababli xavotir bildirilgan.

Xristian, musulmon va boşqa konfessiya vakillariga nisbatan murosasizlik qiliş, ularni kamsitiş, kuç işlatiş hamda terrorçilik harakatlarining barça körinişlari qat'iy qoralanadi. Tomonlar xalqaro hamjamiyatning mazkur yönalişdagi pozitsiyalarini birlaştiriş böyiça sa'y-harakatlarni yanada olğa suriş maqsadini bildirişdi.

TIV rahbarlari kvotalar taqsimoti, Ijroiya qömitasi raisi — Ijroçi kotib örinbosarlarini va MDH boş qarorgohidagi boşqa mansabdor şaxslarni kvota asosidagi amallarga tayinlaş va almaştiriş töğrisidagi MDH Ijroiya qömitasining axborotini tingladilar.

Davlat rahbarlari kengaşida körib çiqiş uçun kiritiladigan MDH iştirokçi davlatlarining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş, terrorizmni moliyalaştiriş va ommaviy qirğin qurollarini tarqatişga qarşi kuraşiş sohasidagi hamkorligi Kontseptsiyasi hamda jinoiy işlarning moddiy dalillari bölgan narkotik va psixotrop moddalar va ularning prekursorlarini, öqotar qurollar, ularning asosiy qismlari, öq-dorilar, portlovçi moddalar va portlovçi qurilmalarni topşiriş tartibi töğrisidagi Bayonnoma loyihalari ma'qullandi.

2018 yilda "Hamdöstlikning madaniy poytaxti" Davlatlararo dasturini amalga oşiriş, MDH mamlakatlarining qurolli kuçlari metrolog mutaxassislarini hamda moliyaviy tergov organlari uçun kadrlar tayyorlaş böyiça ayrim ta'lim va akademik muassalariga asosiy taşkilot maqomini beriş masalalari muhokama qilindi.

Iştirokçilar TIVK yiğilişining yuqori darajada taşkil etganligi va Toşkent şahrida ötkazilgan tadbir davomidagi an'anaviy iliq mehmondöstlik uçun Özbekiston tomoniga minnatdorlik bildirişdi. TIVK yiğilişi doirasida iştirokçi davlatlar taşqi siyosat idoralari rahbarlarining ikki tomonlama uçraşuvlari ötkazildi.

MDH Taşqi işlar vazirlari kengaşining navbatdagi yiğilişi 2017 yilning 10 oktabr kuni Moskva şahrida bölib ötadi.