Rossiyaning Sankt-Peterburg şahri metro bekatida sodir etilgan portlaşdan söng, Toşkent metropolitenida xavfsizlik çoralari kuçaytirildi. Toşkent şahar IIBBda bölib ötgan matbuot anjumanida şu haqda ma'lum qilindi. 

IIBB boşliği örinbosari Doniyor Toşxöjayevning sözlariga köra, Özbekiston IIV rahbariyati şaxsan metro bekatlarining har birini közdan keçirgan va xavfsizlik hamda qöriqlaş xizmati sifati bilan bevosita tanişgan. Ta'kidlanişiça, bugungi kunda metroning barça bekatlariga kiriş joylarida militsiya xodimlari yölovçilarni temir topgiç vositalar bilan közdan keçirişi yölga qöyilgan.

Bundan taşqari, yaqin kunlarda bekatlarning har biri temir topgiç maxsus romlar örnatiş masalasi ham örganilmoqda. Toşkent şahar hokimligi va IIBB bilan hamkorlikda bu masala tez kunlarda öz yeçimini topişi aytildi. 

Brifingda iştirok etgan Toşkent şahar prokuraturasi bölim katta prokurori Erkin Yöldoşevning ta'kidlaşiça, terrorizmga qarşi kuraş masalasiga nafaqat Toşkent şahrida, balki Respublikaning barça hududlarida bir neça yillardan buyon jiddiy e'tibor qaratiladi. Huquqni muhofaza qiluvçi barça idoralar bu borada öz mas'uliyatlarini his qilgan holda iş olib bormoqda. 

Ma'lumki, 3 aprel kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg metrosi bekatida portlaş röy bergan, buning oqibatida 14 kişi hayotdan köz yumgan edi.