Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Internetdagi tahdidlardan himoya” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 5 aprel kuni Toshkent moliya institutida professor-o‘qituvchi va talabalar bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Yunusobod tuman bosh imom-xatibi Rahmatulloh Sayfuddinov, “Mirza Yusuf” jome masjidi xodimlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘yicha prorektor X.Shennayev, Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i, O‘.Narbiyev, “Hisob va audit” fakulteti dekani K.Karimova, “Moliyaviy tahlil” kafedrasi mudiri M.Rahimov va kafedra professor-o‘qituvchilari hamda “Hisob va audit” fakulteti talabalari qatnashishdi.
Tadbirda “Mirza Yusuf” (Bodomzor) jome masjidi imom-xatibi Rahmatulloh Sayfuddinov so‘zga chiqdi. Shuningdek, O‘zbekiston musulmonlar idorasi raisi o‘rinbosari Aydarbek Tulepovning “Internetdagi tahdidlardan himoya” nomli kitobining to‘ldirilgan qayta nashri taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimotni o‘tkazishda yoshlarni ma'naviy tahdidlardan ogohlik ruhida tarbiyalash va ularni axborot xurujlaridan himoya qilish borasida professor-o‘qituvchilarga uslubiy yordam berish asosiy maqsad qilib belgilangan. Bugungi globallashuv jarayonida axborot xurujlari har jihatdan inson ongi va qalbini egallashga qaratilganligi bilan xarakterlidir. Ayniqsa, global tarmoq hisoblangan internet orqali bo‘layotgan tahdidlarning xavfi va tahdidi ortib bormoqda. Bu tahdidlardan yoshlarni himoyalashda milliy mafkurani singdirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va bu borada ma'naviy-ma'rifiy ishlarni faol olib borish lozimligini taqozo etadi. Taqdimot tadbiri ham shu jihatga qaratilganligi bilan muhimdir.
“Internetdagi tahdidlardan himoya” asarining dastlabki nashri 2015 yil chop etilgan edi. O‘tgan davr mobaynida uning mazmun-mohiyati oliy o‘quv yurtlari, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va harbiy bilim yurtlarida o‘quvchi-talabalarga atroflicha tushuntirildi. Shuningdek, teleradiokanallarda ushbu kitobning har bir bobi yuzasidan alohida ko‘rsatuv, intervyu va eshittirishlar efirga uzatildi. Xorij ommaviy axborot vositalarida ham asarga yuqori baho berildi.
Professor-o‘qituvchilar, soha mutaxassislari, o‘quvchi-talabalar va jamoatchilik vakillarining tavsiyalari inobatga olinib, kitobning to‘ldirilgan nashri yaqinda omma e'tiboriga havola etildi.
Yangi nashr 15 ta bob, 73 ta mavzudan iborat bo‘lib, internetda paydo bo‘lgan tahdidlar va zamonaviy pedagogik talablar bilan yanada boyitilgan. Qo‘shimcha qismni tayyorlashda o‘zbek, rus, ingliz va arab tilidagi eng so‘nggi ma'lumotlardan foydalanilgan.
Mavzuga oid
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
17:39 / 22.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Milliy kitobxonlik harakatiga start berdi
18:07 / 07.03.2026
Andijonlik qiz kelinlik uyiga 800 ta kitobdan iborat sep bilan bordi
18:46 / 03.03.2026