8 aprelda Moskva ğarbida uzoq masofaga qatnovçi poyezd şahar atrofida yuruvçi elektriçkaga urildi.
Voqea soat 22:40da Moskva temir yölining Belarus yönalişidagi Fili — Kuntsevo-2 stansiyalari oraliğida yuz bergan. Moskva — Usovo yönalişi böyiça ketayotgan elekriçka Moskva — Brest poyezdi bilan temir yölni yugurib ötayotgan odam sababli yuz bergan. Elektriçka maşinisti odamni urib yubormaslik uçun favqulodda tormozlaşni qöllagan, bu vaqtda unga poyezd kelib urilgan. Oqibatda elekriçkaning ikkita vagoni va poyezd lokomotivining seksiyasi relslardan çiqib ketgan.
Rossiya tergov qömitasi ma'lumotlariga köra, avariya vaqtida poyezdda 455 yölovçi bölgan, elektriçkada esa faqat maşinist, uning yordamçisi va ikki kontrolyor bölgan.
Töqnaşuv sababli 50 kişi tibbiy yordam sörab murojaat qilgan. 16 kişi şifoxonaga yetkazilgan, ular orsida 2 ösmir ham bor. 6 kişining ahvoli oğir deya baholangan. Jarohat olganlar röyxati Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirligi saytida çop etilgan.
Töqnaşuv yuzasidan tergovgaça tekşiruv boşlangan, uning natijalariga köra protsessual qaror qabul qilinadi.
YouTube’da töqnaşuv joyidan olingan video paydo böldi.
Voqea joyida favqulodda xizmatlar va huquq-tartibot idoralari iş olib bormoqda.

















