Kanada erkaklar terma jamoasi Kanadaning Edmonton shahrida bo‘lib o‘tgan kyorling bo‘yicha jahon chempionati finalida Shvetsiya termasidan ustun keldi.

Yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan final uchrashuvi kanadaliklar foydasiga 4:2 hisobida yakunlandi, ular 36 marotaba jahon chempionligini qo‘lga kiritishdi.

Shveytsariya terma jamoasi esa bronza medallariga ega chiqdi.

2018 yilda kyorling bo‘yicha jahon chempionati AQShning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadi.