Norvegiya poytaxti Oslo şahrida portlovçi qurilma örnatişda gumon qilinib qölga olingan şaxs Rossiya fuqarosi va u 17 yoşda. Bu haqda Norvegiya politsiyasi vakili Signe Aaling ma'lumot bergan.
NRK teleradiokompaniyasi ma'lumotiga köra, uşbu yoş yigit 2010 yilda öz oilasi bilan Rossiyadan Norvegiyaga kelgandi.
Ayni vaqtda u portlovçi qurilmalar bilan noqonuniy muomala qilişda ayblanmoqda.
8 aprel oqşomida Oslo şahri markazidagi Gryonlann tumanida favqulodda holat e'lon qilindi. Bunga hududdan portlovçi qurilmani eslatuvçi şubhali buyum topilgani sabab böldi.
Keyinçalik şubhali buyum portlatib yöq qilindi. Uşbu işga aloqadorlikda gumonlangan şaxs qölga olindi.
















