Aksar terrorçi taşkilotlar öz-özidan paydo bölmaydi. Ular taşqaridan körilgan çoralar mevasidir, deya bayonot bergan Rossiya mudofaa vaziri örinbosari Aleksandr Fomin. U Xavfsizlik böyiça oltinçi xalqaro konferensiya arafasida RT telekanaliga bergan intervyusida şu haqda söz yuritgan.
"Barça terrorçilik taşkilotlari, aksariyati bölmasa ham katta qismi öz-özidan paydo bölmaydi, degan bölardim. Bu taşqaridan turib amalga oşirilgan siyosiy, moliyaviy, harbiy va taşkiliy işlarning mevasidir", — degan Fomin.
Uning sözlariga köra, hozirda şunday xalqaro voqelikka guvoh böliş mumkinki, terrorçilik taşkilotlari "kimningdir siyosiy irodasi"ni ijro etiş uçun paydo bölmoqda.
"Şubhasiz, biz bugungi kunda harbiy va siyosiy ma'noda yangi xalqaro voqelikka guvoh bölmoqdamiz. Bular inqiloblarni boşqa davlatlarga çetdan yoyiş texnologiyalaridir. Göyoki, nodemokratik tuzumlardan aziyat çekayotgan mamlakatlarda şu yöl bilan demokratik boşqaruvni örnatiş ilgari surilmoqda… şunday siyosat oqibatida ayrim davlatlar dunyo xaritasidan yöq bölib ketdi, ayrimlari yöq böliş ostonasida. Bular Suriya va Yaman", — deb qöşimça qilgan vazir örinbosari.
Xavfsizlik konferensiyasi 26-27 aprel kunlari bölib ötadi, uning iştirokçilari qator masalalarni muhokama qilişadi. Anjumanda 78 davlat vakillari iştirok etişi kutilmoqda. Ularning orasidan 20dan ortiq davlatning mudofaa vazirlari ham bor.

















