Şvetsiya hukumati Stokholm terakti ijroçisi sifatida gumon qilinayotgan 39 yoşli şaxs politsiya qidiruvida bölganini ma'lum qildi. Uşbu şaxs deportatsiya qilingaç, qoçib yurgandi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.
Politsiyaning jurnalistlarga ma'lum qilişiça, 7 aprel kuni Şvetsiya poytaxtida odamlarni bosib yurib, terakt sodir etgani uçun qölga olingan Özbekiston fuqarosi 2014 yilda boşpana söragandi. Hukumat uning sörovini ötgan yilning iyunida rad etadi. Sud qaroriga köra u deportatsiya qilinişi kerak bölgan. Sud 4 hafta bergan. Keyin u yaşiringan. 24 fevral kuni politsiya uni qidiruvga bergan.
«U izsiz yöqoldi. Uni özi körsatgan manzildan topişning imkoni bölmadi», - degan Şvetsiya politsiyasi vakili Jonas Heysing.
7 aprel kuni Spendrups kompaniyasiga tegişli bölgan öğirlab ketilgan yuk maşinasi Stokholm markazidagi Drottninggatan köçasida odamlar ustiga haydaldi. Uşbu hodisa oqibatida 15 kişi jarohat oldi va 4 kişi halok böldi.
Terakt işi böyiça Özbekiston fuqaroligiga ega bölgan 39 yoşli şaxs qölga olingandi, uning şaxsi hozirgaça ma'lum qilinmadi.
Maxsus xizmatlarning tekşiruvlarida aniqlanişiça, uşbu şaxs ijtimoiy tarmoqlar orqali terroristik guruhlar bilan ham aloqada bölgan.

















