Baxt, yöl tanlaş, boylik, san'at, taraqqiyot, gözallik, erkinlik va boşqalar haqida ulardan-da çiroyli qilib aytiş mumkin bölmagan haqiqatlar
Yozuvçi uçun eng eng maşaqqatli sinov — nimanidir aytmoqçi bölganida kimdir undan oldin şu narsani undan-da çiroyli suratda aytib qöygan bölib çiqişidir.
Fridrix Nitsşe. Ernest Heminguey. Fedor Dostoyevskiy. Stiv Jobs. Uorren Baffett.
Albatta, bu xijolatga soladi, biroq bir vaqtning özida bu fikr daholarining hayoti va işlarini örganişga rağbatlantiradi.
Biz har biri ajoyib hayotiy saboq bölmiş 50 muhim iqtibosni esga oldik. Umid qilamizki, siz ham bularning içida özingiz uçun foydali biror narsa topasiz.
Albert Eynşteyn status-kvoning xavfliligi xususida
"Narsalarni tartiblaşda foydali bölgan tuşunçalar ustimizdan şunçalik hukmronlikka ega böladiki, ularni inson öylab topganini unutib, özgarmas mavjudlik sifatida qabul qila boşlaymiz".
Mikelanjyelo estetika va poklik töğrisida
"Gözallik — biror ortiqça narsa bölmagan hol".
Frants Kafka öqişning mazmuni haqida
"Öylaşimça, bizni tişlab, naştar sançib oladigan kitoblarnigina öqişimiz kerak. Öqib bölinganidan söng kitob bizni boşni gangituvçi zarba yegan inson holiga tuşirmas ekan, uni öqib nima qildik?"
Nikola Tesla ertangi kun haqida
"Faqat kelajakkina har bir insonga mehnatlari va erişgan natijalariga monand haqiqatni gapirib, baho bersin. Hozirning egasi esa ularning özi; uning uçun işlagan kelajak esa menga tegişli".
Virjiniya Vulf borliqning bir tekis emasligi haqida
Mavzuga oid
"Hayot — simmetrik joylaştirilgan lampalar qatori emas; hayot — bu tafakkurimiz tuğilganidan buyon va uning söngiga qadar uni örab turgan yolqinlanayotgan gardiş, yarim şaffof qobiq".
Seneka yöl axtarişda muvozanat haqida
"Nima, mendan oldin ötganlarning yölida ketmasligim kerakmi? — Yöq, men eski yöldan foydalanaman, biroq, qisqaroq va tekisroq yangi yölga duç kelsam unga ham toş yotqizib çiqaman. Bizgaça bu işni qilganlarning barçasi bizning hukmdorlarimiz emas, bizning yetakçilarimiz hisoblanişadi".
Albert Kamyu prinsiplar va baxt haqida
"Printsiplarini şaxsiy baxtidan ustun qöyuvçi insonlar baxtga erişiş uçun oldindan belgilab olgan şartlaridan oğiş bölsa, baxtli bölişdan voz keçişadi. Hattoki kutilmaganda baxtga sazovor bölib qolişsa ham özlarini yöqotişadi: baxtsizligimdan ayirişgani uçun baxtsizman, deya".
Uorren Baffett çin boylik xususida
"Köpinça şunday böladi: mulk egasini boşqara boşlaydi. Salomatligimni hisobga olmasam, menda bor bölgan bebaho narsalar — qiziqarli, turli va azaliy döstlarimdir".
Karl Yung ratsionallik çegaralari haqida
"Heç kim faqat tafakkuri yordamida olamni anglayapman, deb hisoblamasin: bu tuşuniş hissiyotlar yordamida ham amalga oşiriladi. Şu sababli, tafakkur mulohazasi eng yaxşi holatda ham haqiqatning yarmini aks ettiradi va u haqqoniy bölgan taqdirda özining qoniqmaganligini tan olişga olib bormoği kerak".
Fridrix Nitsşe mazmun zaruriyati haqida
"Agar insonda "nega" yaşaş kerak, degan savol bölsa, u "qanday" degan har qanaqa vaziyatga könika oladi".
Bob Dilan muhokamaning oddiy qoidasi haqida
"Özing tuşunmaydigan narsani tanqid qila körma".
Simona de Bovuar noaniqlikni qabul qiliş haqida
"Men haqiqatga çanqoqligim tufayli özimni bexatar qulaylik, işonçli va istiqboli aniq hayotdan judo qildim — va haqiqat meni mukofotladi".
Riçard Feynman hayot mazmuni haqida
"Hayotning mazmuni nimadan iborat ekanligini heç kim bilmaydi va buning ahamiyati ham yöq. Olamni örganiş kerak. Çuqurroq kavlasangiz hamma narsa bir zumda qiziqarli bölib qoladi".
Kristofer Hitçens fikrlaş san'ati haqida
"Mustaqil aql mohiyati uning nimalar haqida öylayotgani emas, qanday öylayotganidan iborat".
Pol Sezann ranglar teranligi xususida
"Rang tirik va faqatgina rang olamni tiriltiradi... Özligimning biror qismini kamaytirmasdan şu instinktga qaytişim kerak, toki dalalarda soçilib yotgan şu ranglar egasi uçun hosilni bildirganidek, men uçun buyuk ğoya kasb etsin".
Deniyel Kaneman idrok illyuziyasi haqida
"Garçi siz u haqida öylayotganingizda nimadir siz uçun öta muhim bölib körinsa-da, aslida, dunyoda heç narsa bu qadar muhim emas".
Gertruda Ştayn innovatsiyalarni rivojlantiriş haqida
"San'atda yangi kompozitsiya yaratgan inson toki klassikka aylanmas ekan, e'tibordan qolgan insonligiça qolaveradi".
Suqrot haqiqiy donişmandning ikkilanişi haqida
"Men yaşayotgan insonlarning içida eng donişmandiman, çunki heç narsa bilmasligimni bilaman".
Zigmund Freyd qiziquvçanlik sehri haqida
"Aslida, men olim ham, kuzatuvçi ham, tajribaçi ham, mutafakkir ham emasman. Temperamentim böyiça qöproq konkistador — sarguzaşt axtaruvçiman, ya'ni tarjima qilsangiz — qiziquvçanligim, qörsligim va qaysarligim bilan şu toifadagi insonlarga öxşayman".
Devid Foster Uolles bizning yaşirin öxşaşligimiz haqida
"Faqat bir narsada öxşaşmiz — qalbimizning töri soliştirsa biz boşqalardan farqlimiz degan, sirli, oşkor etilmaydigan e'tiqodimizda".
Teodor Ruzvelt tanqid va arbob haqida
"Tanqidçi ahamiyatli emas, kuçli inson qayerda qoqilganini yoki işni bajarayotgan odam qayerda yanada yaxşiroq bajara olişi mumkinligi körsatuvçi ham muhim emas. Özi maydonda turgan odam hurmatga loyiq".
Fyodor Dostoyevskiy idrokka ortiqça baho haqida
"Aqlli harakat qiliş uçun birgina aqlning özi kamlik qiladi".
Isaak Nyuton taraqqiyotni işga tuşiruvçi kuç haqida
"Magarki men hammadan uzoqni köra olgan ekanman, demak gigantlarning yelkasida turganman".
Bertran Rassel özining bexabarligi haqida
"Senga şubhasiz bölib köringan narsalarga ham vaqti-vaqti bilan söroq belgisini qöyiş foydali".
Rey Dalio muvaffaqiyatning bahosi haqida
"Vazifa öta murakkab deb öylagan paytingizda, yodda tuting: alal-oqibatda sizni muvaffaqiyat sari yetaklaşi mumkin bölgan xatti-harakat omadsiz bölib qolişdan köra karrasiga osonroq".
Mark Avreliy reaksiya tanlaş haqida
"Agar yon-atrofdagi biror narsa seni qayğuga solsa, seni u emas, u haqidagi mulohazalaring taşvişlantirayapti. Uni yöqotiş esa özinggagina boğliq".
Hanna Arendt erkinlik sari yöl haqida
"Inson zaruriyat bilan çambarças boğliq ekanligini bilmas ekan, erkin böla olmaydi, çunki inson faqat zaruriyat iskanjasidan qutiliş uçun urinib, erkinlikka erişişi mumkin, biroq bu urinişlar heç qaçon töliq muvaffaqiyatli böla olmaydi".
Leonardo da Vinçi mustaqil fikrlaş haqida
"Munozara mobaynida obröli şaxslarning aytganlariga murojaat qiladigan inson idrokidan emas, xotirasidan foydalanadi".
Kurt Gyodel ong siri haqida
"Yoki matematika inson idroki uçun juda ulkan, yoki inson idroki — maşinadan ham kattaroq narsa".
Ilon Mask dunyoning özgarganligi xususida
"Menda bularning hammasi qanday yuz berayotganini kuzatiş yoki uning bir qismi böliş imkoniyati bor".
Pablo Pikasso ijod mahorati haqida
"Menga Rafael singari surat çizişni örganiş uçun tört yil kifoya qilgan, biroq yoş boladek surat soliş uçun butun umrim ketdi".
Mariya Kyuri ahamiyatga molik narsalar haqida
"Odamlarga kamroq qiziqing, ğoyalarga esa köproq".
Kleyton Kristensen vasvasa haqida
"98 foiz holatdagilardan köra, öz prinsiplariga doimo sodiq qoliş osonroq".
"Zukko oddiy narsa haqida murakkab qilib gapiradi, rassom esa murrakkab narsa haqida oddiy".
Devid Yum gözallikning sub'yektivligi haqida
"Gözallik narsalarning özida jo bölgan sifat emas: u faqat unga mahliyo bölgan aqllardagina mavjud; har bir aql gözallikni turliça qabul qiladi".
Hanter S. Tompson ongli hayot haqida
"Tanlaşda sustkaşlik qilgan inson, vaziyat unga tanlab bergani bilan kifoyalanişga mahkum".
Joan Didion murakkablikni qanday tuşunişimiz haqida
"Biz yaşaş uçun özimizga turli hikoyalarni sözlab beramiz".
Uilyam Jyeyms ortiqça narsani yöq qiliş foydasi haqida
"Dono böliş san'ati — bu nimalarga e'tibor bermaslikni biliş san'ati".
Karl Sagan ixtiro quvonçi haqida
"Qayerdadir aqlga siğmaydigan narsa tezroq uni ixtiro qilişlarini kutib turibdi".
Ernest Heminguey xotirjamlik ruhi haqida
"Inson mağlubiyatga uçraş uçun yaratilmagan. Insonni yöq qilib yuboriş mumkin, lekin yengib bölmaydi".
Karl Popper çegaralarni suriş haqida
"Nazariya sizga yagona yeçim bölib tuyulgan har qanday onda bunga nazariyani ham, u yeçişi lozim bölgan muammoni ham tuşunmaganingizni bildiruvçi belgi sifatida qarang".
Uolt Disney individuallikni anglaş haqida
"Men faqat umid qilamanki, biz heç qaçon bir narsani unutmaymiz: hammasi siçqondan boşlangan".
J. K. Rouling xarakterni sinaş haqida
"Oldingda qanday inson turganini anglaşni istasang, özi tengilar bilan emas, qöl ostidagilarga qanday muomala qilayotganiga e'tibor qil".
Piter Druker qaltis tavakkalçilikning kerakligi haqida
"Inson qançalik yaxşi bölsa, özi urinib körgan barça yangi narsalar yölida şunçalik köp xatoga yöl qöyadi. Men xatoga yöl qöymaydigan yoki yirik xatoga yöl qöymaydigan insonga katta amal bermagan bölar edim. Aks holda, u albatta örtamiyonalardan biriga aylanadi".
Alan Tyuring savolni qayta quriş haqida
"Maşinalar fikrlay oladimi? Men savolni oldingisi bilan çambarças boğliq va nisbatan aniq mazmunga ega bölgan sözlar bilan ifodalanuvçi boşqasi bilan almaştiraman. Bu yangi şakl biz "imitatsiya öyini" deb ataladigan öyin yordamida tasvirlanadi: bunga köra kompyuter aqlli deb atalişi mumkin, qaçonki u insonni inson ekanligiga işontira olsa".
Vinsent van Gog komfort haqida
"Xavf-xatarning markazida bexatar joy mavjud. Bizda biror narsa qilmaslik uçun jur'at yetişmaganida nima bölardi?"
Harper Li idrok qiliş haqida
"Insonlar köpinça özlari axtarayotgan narsani köradi, özlari eşitişni istagan narsani eşitişadi".
Artur Şopengauer imkoniyat haqida
"Har qanday inson öz idroki çegarasini olamning çegarasi sifatida qabul qiladi".
Stiv Jobs fundamental reallik haqida
"Atrofingizdagi hamma narsa, siz hayot deb ataydigan jamiki narsa qaçonlardir sizdan aqlliroq mavjudot tomonidan yaratilgan. Va siz dunyoni özgartirişingiz, unga ta'sir qilişingiz mumkin. Siz buni anglagan zahotingiz heç qaçon oldingi holatingizga qaytmaysiz".