Buxoro viloyati içki işlar idoralari xodimlari tomonidan 2017 yilning ötgan 3 oyi davomida voyaga yetmaganlar masalalariga mas'ul bölgan davlat va nodavlat taşkilotlar hamda keng jamoatçilik vakillari bilan hamkorlikda voyaga yetmaganlar orasida nazoratsizlik, qarovsizlik, huquqbuzarlik va jinoyatçilikni oldini oliş maqsadida 2158 ta davra suhbatlari ötkazildi. Mahalla fuqarolar yiğinlari raislari bilan hamkorlikda farzanddarini ta'lim olişida mas'uliyatsizlikka yöl qöyib kelayotgan 558 nafar ota-onalarning muhokama yiğilişlari ötkazildi.
Asosiy e'tibor tarğibot taşviqot tadbirlariga qaratilib, umumta'lim maktablarda 1034 marotaba, kasb-hunar kollejlarida 481 marotaba, oliy öquv yurtlarida 31 marotaba, mahalla va jamoatçilik örtasida 612 marotaba uçraşuvlar, davra suhbatlari ötkazildi.
Ijtimoiy jihatdan xavfli axvolda bölgan huquqbuzarliklar sodir etişga moyil jamoat tartibini buzgan, adaşgan yoki qarovsiz qoldirilgan 1752 nafardan ortiq voyaga yetmaganlar militsiya tayanç punktlariga keltirilib, yakka tartibda profilaktik tadbirlar qamroviga olindi.
Hamkorlikda ötkazilgan “Davomat” tadbiri davomida jami 1294 nafar öquvçi darslarga qatnaşmay köça va xiyobonlarda va boşqa joylarda maqsadsiz daydib yurgan öquvçilar aniqlanib, ulardan 5 nafari mehribonlik uylariga, 8 nafari maxsus maktab-internatlariga, 59 nafari VeIHYoKMga joylaştirilib, qolgani ta'limga qaytarildi.
Tungi vaqtlarda ötkazilgan tadbirlar natijasida esa ota-onasi qarovisiz yurgan 22 nafar voyaga yetmaganlar aniqlanib, 15 nafar rahbarlarga nisbatan ma'muriy jazo çoralari körildi.
Jinoyat va huquqbuzarlik sodir etganligi uçun 211 nafar voyaga yetmaganlar, farzand tarbiyasiga salbiy ta'sir körsatuvçi 195 nafar ota-onalar profilaktik hisobga olinib, hisobda turgan 406 nafar voyaga yetmaganlar va 273 nafar ota-onalar bilan profilaktik işlar olib borilmoqda.
Ta'lim muassasalarida öquvçilar davomatini nazorat qiliş borasida Buxoro viloyati tajribasi asosida akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining 100 foiziga elektron davomat “Biometrik turniket” qurilmalari, 8 ta akademik litsey va 80 ta kasb-hunar kollejlarida video kuzatuv moslamalari örnatilganligi natijasida ta'lim muassasalarida ökuvçilar davomati 9,4 foizga (85,2 foizdan 94,6 foizga) yaxşilandi.
Jumladan, “Profilaktika kuni” doirasida 2017 yil 4-6 aprel kunlari ötkazilgan “Davomat” tadbirlari davomida viloyat böyiça örganilgan 260 ta ta'lim muassasalarida umumiy davomat 97,3 foizni taşkil qilib, jami 4198 nafar öquvçilarning har xil sabablarga köra dars maşğulotlarida bölmaganligi, şulardan 215 nafari muntazam ravişda dars qoldirayotgan öquvçilarni taşkil qilgan.
















