Bugun, 11 aprel kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida ötkazilgan videoselektor yiğilişida bir qator rahbarlar lavozimidan olinişdi.

Selektor yiğilişida dastlab hayotiy muhim masalalar böyiça fuqarolarning murojaatlarini körib çiqiş borasidagi işlarning ahvoli muhokama qilindi. 

«Kun.uz» manbasining ma'lumot berişiça, davlat rahbari Farğona viloyati, Qöqon şahri rahbariyati faoliyatini keskin tanqid qilgan.

Yiğilişda prezident tomonidan Qöqon şahar hokimi Abdullayev Akramjon Anorquloviç lavozimidan ozod etilgan. Undan taşqari, şahar prokurori, soliq boşliği va içki işlar boşliği işdan olingan.

Qayd etiş kerakki, 30 mart kuni ötkazilgan videoselektorda ham Toşkent şahrining Yunusobod tumani rahbariyati şu şaklda işdan olingandi. Özbekistonda endilikda muayyan hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişi uçun faqatgina hokimning özi javob bermayapti. Qaysi tuman yoki şaharda hokim işdan olinadigan bölsa, «törtlik»ning barça vakillari — hokim, prokuror, militsiya boşliği, DSI boşliği işdan ketadi. Bu jamoaviy javobgarlik hisoblanadi.