2017 yil 13 aprel kuni Toşkent viloyati Böstonliq tumanida tabiiy ofat röy berdi. Buning oqibatida bir kişi şifoxonaga olib borilayotganda hayotdan köz yumdi.
Soat 07:50da tumandagi “Boğiston” MFY hududidan ötuvçi 4R-10 “Çorvoq suv ombori aylanma yöli”ning 47-kilometrida yer köçkisi sodir bölgan. Köçki avtomobil yölining öng tomonidan pastlikka köçgan. Köçkining ölçami: eni 10-15 metr; balandligi (çuqurligi) 1-1,5 metr; uzunligi 10-14 metrni taşkil etadi. Bu haqda Özbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Köçki tuşişi natijasida yöldan ötayotgan Damas rusumli avtomobil pastga qulagan. Natijada avtomobilda bölgan ikki nafar fuqaro jabrlangan.
Jabrlangan fuqarolarning biri Böstonliq tumani Tibbiyot birlaşmasiga olib ketilayotganda vafot etgan.
Jabrlangan fuqarolar Toşkent viloyatining Böstonliq tumani “Boğiston” MFYda istiqomat qilişi ma'lum böldi.
Toşkent viloyati FVV, IIB, Böstonliq tumani xokimiyati va “Özavtoyöl” xizmati bilan hamkorlikda köçki tuşgan avtomobil yölini tozalaş işlari olib borilmoqda.












