Glassdoor kompaniyalarni o‘z xodimlariga to‘laydigan umumiy o‘rtacha ish haqi bo‘yicha baholadi. Ro‘yxatdagi 25 kompaniyadan to‘rttasi konsalting sohasida faoliyat yuritadi, qolganlari esa - texnologiya sohasida. Sog‘liqni saqlashdek sohalar ro‘yxatga kiritilmagan: ulardagi ba'zi xodimlar haqiqatda juda ko‘p maosh olsa-da, boshqalari kamroq ish haqi oladi.

Glassdoor mazkur ro‘yxatni tuzishda 2016-2017 yillar uchun olgan ish haqi va bonuslar haqida xabar bergan foydalanuvchilarga tayandi.

AQShda eng ko‘p ish haqi to‘lanuvchi 25 kompaniya:

  1. A.T. Kearney konsalting firmasi — o‘rtacha to‘lovlar summasi - 175 000 dollar (o‘rtacha ish haqi - 150 000 dollar).
  2. Strategy& konsalting firmasi - 172 000 dollar (150 000 dollar).
  3. VMware — virtualizatsiya uchun dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchisi - 172 000 dollar (136 750 dollar).
  4. Splunk — mashina boshqaruvidagi ma'lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish uchun dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchisi — 161 010 dollar (132 500 dollar).
  5. Cadence Design Systems — elektron qurilmalarni loyihalashtirishni avtomatlashtirish uchun dasturiy ta'minot yaratuvchisi — 156 702 dollar (141 202 dollar).
  6. Google AT-korporatsiyasi — 155 250 dollar (120 000 dollar).
  7. Facebook AT-korporatsiyasi — 155 000 dollar (130 000 dollar).
  8. Nvidia — grafik tezlashtgich va protsessorlar, shuningdek tizimli mantiq majmuasi ishlab chiqaruvchisi — 154 000 dollar (150 000 dollar).
  9. McKinsey & Company konsalting kompaniyasi — 153 000 dollar (140 000 dollar).
  10. Amazon Lab126 — Amazon'ning sho‘'ba kompaniyasi, Kindle dasturiy platformasi ishlab chiqaruvchisi — 152 800 dollar (130 400 dollar).
  11. Juniper Networks — telekommunikatsiya uskunalari ishlab chiqaruvchisi — 150 000 dollar (138 500 dollar).
  12. LinkedIn AT-korporatsiyasi — 150 000 dollar (127 000 dollar).