Sobiq vazir shuningdek 11 million AQSh dollari miqdorida jarima ham to‘lashi lozimligi belgilab qo‘yildi. Al-Adli bilan birga IIVning yana ikki nafar amaldori qamaldi.
Habib al-Adli avvalgi barcha sud jarayonlarida oqlangandi, jumladan, ular orasida 2011 yilning yanvarida namoyishchiliklarni o‘ldirishga aloqadorlik yuzasidan ish ham bor. Shanba kuni chiqarilgan hukm yuzasidan oliy instansiya sudiga appellyatsiya topshirish imkoni bor.











