Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning «Taşqi savdo sohasida boşqaruv tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni e'lon qilindi. Bu farmon matni ÖzA tomonidan taqdim etildi.

Farmonga köra, Özbekiston Respublikasi Taşqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Özbekiston Respublikasi Taşqi savdo vazirligiga aylantiriladi.

«Taşqi savdo aloqalarining samaradorligini yanada oşiriş, taşqi savdoni liberallaştiriş, eksport salohiyatini mustahkamlaş hamda raqobatdoş mahalliy mahsulotlarni taşqi bozorlarga çiqariş tizimini takomillaştiriş, mahsulot işlab çiqaruvçi korxonalar bilan xorijiy şeriklar örtasida savdo sohasida uzoq muddatli barqaror şeriklik munosabatlarini şakllantiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi Taşqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Özbekiston Respublikasi Taşqi savdo vazirligi etib qayta taşkil qilinsin», deyilgan farmonda.

Farmonda Özbekiston Respublikasi Taşqi savdo vazirligi vakolatli davlat organi bölib, taşqi savdo sohasida davlat siyosatini şakllantiriş va amalga oşiriş uçun mas'ul hisoblanadi hamda taşqi savdo faoliyatini tartibga soliş sohasida davlat boşqaruvi organlari işini muvofiqlaştirilişi belgilangan.

Özbekiston Respublikasi Taşqi savdo vazirligining öz vakolatlari doirasida qabul qilingan va normativ-huquqiy xarakterga ega bölgan qarorlari davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari, mulkçilik şakli va idoraviy mansubligidan qat'iy nazar xöjalik yurituvçi sub'yektlar tomonidan bajarilişi majburiy böladi.

Özbekiston Respublikasi Taşqi savdo vazirligi Özbekiston Respublikasi Taşqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining taşqi savdo munosabatlari qismida uning majburiyatlari va şartnomalari, şu jumladan, halqaro majburiyatlari va şartnomalari böyiça huquqiy vorisi hisoblanadi. 

Quyidagilar Özbekiston Respublikasi Taşqi savdo vazirligining asosiy vazifalari va faoliyati yönalişlari etib belgilangan: 

taşqi savdo faoliyati sohasida yagona davlat siyosatini işlab çiqiş va amalga oşiriş; 

jahon bozorlarining kompleks marketing tadqiqotlarini olib boriş, Özbekiston Respublikasining eksport salohiyatini rivojlantiriş dasturlarini amalga oşirişda kömaklaşiş, taşqi bozorlardagi talab-ehtiyojlarni hisobga olgan holda Özbekiston Respublikasida işlab çiqarilayotgan yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlarning raqobatdoşligini kuçaytiriş va rivojlantiriş böyiça amaliy çora-tadbirlarni işlab çiqiş va amalga oşiriş;