Germaniya bundesligasining 29-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

O‘z uyida «Frayburg»ni qabul qilgan «Leyptsig» yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi va o‘zi uchun tarixiy natijani qayd etdi. Bundesligada debyut mavsumini o‘tkazayotgan jamoa bu g‘alaba evaziga 2-o‘rinni mustahkamladi va muddatidan oldin Yevropa chempionlar ligasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Endilikda jamoa 4-o‘rindan pastga tushib ketmasligi aniq va kamida YeChL pley-offida qatnashadi.

Shuningdek bu turda «Borussiya» Dortmund va «Hoffenhaym» g‘alaba qozonib, «Leyptsig»ni ta'qib qilishda davom etmoqda.

Germaniya bundesligasi, 29-tur

RB Leyptsig – Frayburg 4:0 (2:0)
Gollar: 1:0 – 36 Poulsen, 2:0 – 42 Verner, 3:0 – 51 Keyta, 4:0 – 90 Demme.
RB Leyptsig: Gulachi, Kompper, Upamekano, Xalstenberg, Bernardo, Zabittser (Kayzer, 70), Keyta (Ilzanker, 56), Demme, Forsberg, Poulsen (Berk, 78), Verner.
Frayburg: Shvolov, Seyundjyu, Ignovski, Kyubler, Kempf, Frantts, Shuster (Xefler, 46), Abrashi (Shtentsel, 80), Xaberer, Gede (Petersen, 46), Niderlexner.
Ogohlantirishlar: Keyta (27), Xaberer (68), Kyubler (75).

Borussiya D – Ayntraxt F 3:1 (2:1)
Gollar: 1:0 – 3 Roys, 1:1 – 29 Fabian, 2:1 – 34 Papastatopulos, 3:1 – 86 Obameyang.
Borussiya D: Byurki, Shmeltser, Pishchek, Papastatopulos, Bender (Ginter, 46), Vaygl (Kastro, 77), Kagava, Shaxin, Pulishich, Roys (Dembele, 46), Obameyang.
Ayntraxt F: Gradetski, Chendler, Abraam, Valexo, Ochipka, Gachinovich, Maskarel, Fabian, Ordones (Rebich, 56), Volf (Blum, 71), Xrgota (Barkok, 81).

Hoffenxaym-1899 – Borussiya M 5:3 (2:2)
Gollar: 1:0 – 9 Salai, 2:0 – 24 Salai, 2:1 – 31 Vestergor, 2:2 – 35 Shtindl, 3:2 – 58 Demirbay, 4:2 – 75 Ut, 4:3 – 78 Daud, 5:3 – 89 Demirbay.
Hoffenxaym-1899: Baumann, Zyule, Xyubner (Bichakchich, 85), Tolyan, Tsuber, Rudi, Fogt, Demirbay, Salai (Amiri, 74), Kramarich, Vagner (Ut, 63).
Borussiya M: Zommer, Kristensen, Vendt, Elvedi, Vestergor, Shtrobl (Benesh, 85), Daud, Traore (Xerrmann, 74), Xofmann, Xan (Drmich, 74), Shtindl.
Ogohlantirishlar: Shtindl (26), Xyubner (30), Elvedi (45), Kristensen (48), Daud (63), Fogt (64).