Ta'kidlanishicha, yangi raketa sinovi haqida Shimoliy Koreyada u yoki bu kanallar orqali hech narsa ma'lum qilinmagan. Yapon jurnalistlari bu birinchi navbatda sinovning muvaffaqiyatsiz yakunlangani bilan bog‘langan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishmoqda. 

AQSh qurolli kuchlari ma'lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreyaning 16 aprelda o‘tkazgan raketa sinovi muvaffaqiyatsiz yakunlangan, raketa uchirilishi bilanoq portlab ketgan.