Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp KXDRning muvaffaqiyatsiz raketa sinovini muhokama qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp va vitse-prezident Maykl Pens KXDRning muvaffaqiyatsiz raketa sinovini muhokama qildi. Bu haqda «TASS» xabar bergan.
Vitse-prezidentning so‘zlariga ko‘ra, u Tramp bilan hodisa haqida ma'lum bo‘lishi bilanoq telefon orqali bog‘langan.
Maykl Pens 15 aprel kuni Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari bo‘ylab safarga chiqqan. U hodisa haqida Seulga uchayotgan vaqtida, samolyoti Alyaska shtatining Ankorij shahridan havoga ko‘tarilganida xabar olgan.
Pens bilan birga parvoz qilayotgan jurnalistlar tomonidan xabar qilinishicha, Pens bo‘lib o‘tgan voqealar haqida samolyot Bering dengizi ustida bo‘lgan vaqtda xabar topgan.
15 aprel kuni KXDR mamlakatning sharqiy qirg‘oqlarida raketa sinovini amalga oshirgan va sinovlar muvaffaqiyatsiz yakunlangan.
Mavzuga oid
10:20 / 30.03.2026
KXDR AQShga yetib bora oladigan raketalar ustida ishlayapti
08:55 / 26.03.2026
Lukashenko ilk bor KXDRga tashrif buyurdi
23:21 / 24.03.2026
KXDR Konstitutsiyasi o‘zgartirildi – uning nomidan «sotsialistik» so‘zi olib tashlandi
12:45 / 23.03.2026