Venesuelada 4-15 aprel kunlari muxolifat tomonidan uyuştirilgan norozilik namoyişlarida kamida 470 nafar iştirokçi qölga olindi. Bu haqida "Venesuela jinoiy forumi" nodavlat taşkiloti advokati Alfredo Romero xabar berdi. U taqdim etgan ma'lumotlarga köra, taxminan 188 kişi hanuz mamlakat poytaxti Karakas va Lara ştatidagi qamoqxonalarda saqlanmoqda.

Janubiy Amerika mamlakatining turli mintaqalarida hukumatga qarşi bölib ötgan manifestatsiyalar nafaqat politsiya bilan töqnaşuvlarga, balki boşqa noqonuniy xatti-harakatlarga ham sabab böldi. Savdo va xizmatlar böyiça milliy kengaş bayonotida ma'lum qilinişiça, turli hududlarda joylaşgan 50 taça dökondagi mahsulotlar öğirlab ketilgan. Işbilarmonlar hukumatni xavfsizlik çoralarini körişga çaqirişdi. 

Norozilik aksiyalarining boş sabablaridan biri siyosiy inqirozning çuqurlaşuvi böldi. Oliy sudning prezident Nikolas Maduroga parlament roziligisiz harakat qiliş vakolatini berişi töğrisidagi qarori xalqda norozilik uyğotdi. Muxolifat yetakçilaridan biri Miranda ştati gubernatori Enrike Kaprilesuga 15 yil davomida saylovlarda iştirok etişning taqiqlanişi esa mamlakatdagi vaziyatni yanada qiyinlaştirdi. 

Muxolifat vakillarining ta'kidlaşiça, politsiya bilan  töqnaşuvlar natijasida jabrlanganlar talaygina, bir neça kişi halok bölgan.