Amerikaning Londondagi elçixonasi xodimlari uç oylik bolani söroq qilişdi. Bu holat uning buvasi viza anketasini töldiriş vaqtida çaqaloqni xato tufayli terrorçi deb ataganidan söng yuz berdi, deb xabar qilmoqda Guardian gazetasi.

Naşr ma'lumotlariga köra, uç oylik Xarvi Kenon-Keyrnsning buvasi “Terrorçilik faoliyati, josuslik, qöporuvçilik yoki genotsidga aloqangiz bormi?” degan savolga xato tufayli “ha” javobini bergan. Şundan söng bolani elçixonaga “suhbat”ga çaqirişdi.

"Men ular bu xato ekanini va uç oylik bola heç kimga zarar yetkazmasligini tuşunişmaganidan hayratdaman", - deya Floridaga sayohat qilmoqçi bölgan 62 yoşli Pol Kenonning sözlarini keltiradi gazeta. 

Uning sözlariga köra, bola “söroq vaqtida özini juda xotirjam tutdi va bir marta ham yiğlab yubormagan”. 

Yakunda oila viza oliş uçun dastlabki rad javobidan söng qöşimça 3 ming funt sterlingni sarflaşga majbur böldi. Kenonning özi esa xatosi “juda qimmatga” tuşganini aytgan.