Xalqimiz alqab kiyadigan “SAMO” trikotaj fabrikasi mahsulotlari yurtimizda juda maşhur. Özim andijonlik bölganim uçun korxonaga borib, işlab çiqariş jarayoni bilan tanişiş niyatida edim. Viloyatning yana bir tumani Paxtaobodda bölganimizda korxona tomonidan Uyğur qişloğida bunyod etilayotgan yangi 100 nafar aholini iş bilan ta'minlovçi fabrikada böldik. Yurtimizda tadbirkorlikka berilayotgan e'tibor va e'tirofning yana bir ijrosini körgaç, “SAMO” işlab çiqariş fabrikasiga borib, iş jarayoni haqida maqola yozişni niyat qildim.
Andijon viloyati Xöjaobod tumanida joylaşgan “NIL-GRANIT” jamiyati qoşidagi “Samo” fabrikasi rahbarlaridan bir Akromjon Ğaniyev meni oçiq yuz bilan kutib oldi. Xalqimizda “Izlagan imkon topadi” degan hikmat bor. Maskanda amalga oşgan işlar aynan mana maqolga mos. Yurtimizning çekka tumanida hukumatimiz tomonidan işlab çiqariş, tadbirkorlikka berilayotgan imkoniyatlarning samarasini yaqqol namoyon etgan korxona bunyod bölibdi.


“1996 yili Erkinjon akamning taşabbusi bilan iş boşlagan edik. Qarangki, yaxşi niyatlar bilan 5 dona tikuv maşinasini ijaraga olib yölga qöygan tadbirkorligimiz, yillar davomida izlaniş va mehnatlarimiz sabab öz mevasini bermoqda. Yangi iş boşlagan payt birinçi navbatda aholini sifatli trikotaj mahsulotlari bilan ta'minlaşni maqsad qilgan edik. Tovarlarimiz bilan bozordagi raqobatni yengiş oson bölmagan. Avvaliga, sifati yuqori va şunga nisbatan narxi biroz qimmatroq bölgan mahsulotlarimizning savdosi yurişmay ham turgan. Söng mahsulotlarimizdan foydalanib körişgaç, sifatga bölgan e'tibor öz natijasini berdi” ,-deydi Akromjon Ğaniyev.


Aytmoqqa oson... Hozir korxonada 400 nafar tuman aholisi iş bilan ta'minlangan. Işlab çiqarişda işçilar uçun yaratilgan şaroitlar havas qilgudek darajada. Korxonada 400 xil turdagi trikotaj mahsulotlari işlab çiqariladi. “SAMO” brendi ostida yilning tört fasli uçun çiqariladigan kiyimlarga nafaqat yurtimizda, balki qöşni davlatlarda ham xaridor köp. Eksport salohiyati ötgan yili 2 mln. 600 ming dollarni taşkil etgani korxona ta'sisçilari tinimsiz izlanişda. Yaqinda viloyat hokimi Şuhratbek Adurahmonov boşçiligida delegatsiya bilan Rossiyaning Krasnoyarsk ölkasidagi safar davomida korxona mahsulotlari bilan tanişgan öşa yurt tadbirkorlari “SAMO” vakiliga 8 mln. dollarlik şartnoma taklif qilişdi. Mana sizga tovarning - SIFAT darajasi.




















