Satpayev şahri (Qozoğiston, Qarağanda viloyati)da yaşovçi 13 yoşli qiz Qarağandadagi xususiy stomatologiya klinikasida hayotdan köz yumdi. Bu fojia bir yil avval sodir bölgan, öşandan beri marhum qizning ota-onasi tibbiyot xodimlariga jazo berilişini talab qilmoqda. KTK telekanalida taqdim etilgan syujyet şu haqida böldi. 

Jansaya Omarova bolaligidan BTsP (bolalar tserebral falaji)dan aziyat çekkan. Ota-onasi uni dengizga va xorijiy mutaxassislarga olib borişardi, bu öz samarasini berayotgandi - qiz yura va gapira boşlagan. Tiş şifokori muolajalari bunday ayançli tugaşi heç kimning xayoliga ham kelmagan edi. 

"Unga narkoz berişdi. Biz dastlab sinov dozasi yuborilmaganiga ajablandik. 16 ta tişni olib, davolaş kerak deyişdi. Şunça tişni bittada olib, yana davolaş muolajalarini ötkazib böladimi? dedik. "Heç qanday qörqinçli joyi yöq, mumkin" deyişdi. "Biz mutaxassismiz, axir" deyilganidan keyin rozi böldik", - deya xotirlaydi qizning otasi Magjon Omarov. 

Kiçik qizning ahvoli yomonlaşganda stomatologlar unga mustaqil yordam körsatişga urinişdi. Buni videokuzatuv tasmalaridan köriş mumkin. Bir neça samarasiz urinişlardan keyin, nihoyat, tez yordam çaqirişdi. Afsuski, ular ham heç qanday yordam bera olişmadi. Ekspertiza Jansayaning narkoz preparati tufayli anafilaktik şok natijasida hayotdan köz yumganini körsatdi. Tergov davomida ma'lum bölişiça, öşa paytda klinikaning anesteziya ötkazişga litsenziyasi bölmagan. Biroq iş sudgaça yetib bormadi. 

"Tergov işlarining çözilayotganiga bir yildan oşdi. Ekspertlar qandaydir tibbiyot muassasalari, şifoxonalar haqida gapirişdi. Tergovçilar yana ma'lumot yiğişmoqda. Nima uçun? Nima keragi bor? Axir, sud tibbiyot ekspertizasining xulosasi bor-ku", - deydi advokat Toleuboy Musin.

Klinikada öşa payt narkozga litsenziya bölmaganini tan olişsa-da, bolaning ölimini baxtsiz hodisa deb ataşmoqda.

"Biz bunday litsenziya kerakligini bilmagandik hatto, mana oldik ham. Qiz bizgaça ikki marta Jyezkazganda xuddi şu preparatlar bilan davolangan, hammasi joyida bölgan. Keyin bizning klinikamizda kutilmaganda allergik reaksiya kuzatildi", - dedi davolaş muassasasi direktori Yerlan Anajboyev. 

Politsiyada respublika ekspertizasi xulosasi yetişmasligi sabab tergov çözilib ketgani aytilmoqda. Oila advokatining sözlariga köra esa, bu hujjatning bölişi şart emas.