17 aprel kuni FXX tomonidan Sankt-Peterburg terakti taşkilotçisi sifatida qölga olingan, kelib çiqişiga köra markaziy osiyolik bölgan 27 yoşli Abror Azimov Moskvadagi Basman sudidagi tinglov vaqtida aytdiki, öziga qöyilayotgan ayblovni tan olmagan.
«Men taşkilotçi bölganimni tan olmadim. Men işda iştirok etganimni rad etmayman, ammo töğridan-töğri emas. Bu işga aralaşişim oqibatlarini aniq anglamaganman»,—deya ayblanuvçining sözlarini keltirgan RIA «Novosti» agentligi.
Şu bilan birga u hibsga olinişiga rozi bölganini qöşimça qilgan.
Bundan oldinroq Azimovning advokati Armen Zadoyan öz mijozi aybini tan olgani töğrisida xabar bergandi.
Peterburg terakti taşkilotçisi sifatida uşlangan Azimov haqida yangi ma'lumotlar berildi

















