17 aprel kuni Sankt-Peterburg metrosidagi portlaşni taşkil etişda gumon qilinib qölga olingan Abror Azimov öziga qöyilgan ayblovlarni tan olgan. Bu haqda Moskva şahar Basman sudida iştirok etgan Azimovning advokati Armen Zadoyanga asoslanib RIA Novosti agentligi xabar tarqatdi.

Advokat jarayon tafsilotlarini keltirmagan.

Tez orada Azimov ustidan sud jarayoni boşlanişi kutilmoqda.

FXX ma'lumotlariga köra, 1990 yilda tuğilgan Azimov xudkuş terrorçi Akbarjon Jalilovni tayyorlaş bilan şuğullangan. 

Tergov jarayonida aniqlanişiça, Azimov 2013 yilning 25 mayida Qirğiziston fuqaroligidan çiqarilgandi.

Peterburg terakti taşkilotçisi sifatida uşlangan Azimov haqida yangi ma'lumotlar berildi