Turkiyada ölim jazosining tiklanişi mamlakatning Yevropa ittifoqiga kiriş böyiça muzokaralari yakuniga aylanişi mumkin. Bu haqda Belgiya TIV rahbari Dide Reynders duşanba kuni ma'lum qildi.
Turkiyada yakşanba kuni boşqaruvning prezidentlik şakliga ötiş böyiça konstitutsiyaviy referendum uning tarafdorlarining kiçik farqdagi ğalabasi bilan tugadi. Ma'lumotlarga köra, ular 51,2 foiz ovoz töplaşgan. Prezidentlik tizimiga ötiş böyiça konstitutsiyaviy özgarişlar avvalroq Turkiya parlamenti tomonidan ma'qullandi va prezident Toyyib Erdöğan tomonidan imzolandi.
Kutilişiça, davlat rahbari yangi vakolatlar bilan Turkiyada ölim jazosini tiklaş böyiça referendumni ötkazişi mumkin.
"Referendum natijalaridan kelib çiqsak, men u (Erdöğan) Turkiya a'zosi sanaluvçi Yevropa Kengaşi tomonidan örnatilgan prinsip va normalarga sodiq qolişini kutmoqdaman. Meni ötgan yilning yozidagi davlat töntarişiga urinişdan söng, ölim jazosini qaytariş haqida gap-sözlar paydo bölganidan taşvişdaman. Bu Belgiya uçun ham, Yevropa ittifoqi uçun ham qizil çiziqdir. Ölim jazosini tiklaş Turkiya uçun Yevropa ittifoqiga a'zo böliş imkoniyatiga yakun yasaydi", - deya vazirning sözlarini keltiradi Soir gazetasi.
Yevropa ittifoqi Turkiya hukumati tomonidan töntarişga urinişdan söng qabul qilingan xavfsizlik çoralarini demokratiyaga zid, deb topdi hamda mamlakatning YeIga a'zoligi böyiça muzokaralarni muzlatib qöydi. "Ölim jazosini tiklaş qöşiliş jarayonini tiklaşga imkon bermaydi (Turkiyaning YeIga)", - deya ta'kidlab ötdi Reynders.
Şu bilan birga, uning sözlariga köra, “biz qator sohalar böyiça, jumladan terrorizm, NATO va migratsiya masalasida muhim şerik bölib qolayotgan Turkiya bilan muloqotni davom ettiriş imkoniyatiga ega bölişimiz kerak”.
Turkiya konstitutsiyasining 18 moddasiga kiritiladigan özgarişlar töplamida prezident davlat tizimi rahbari bölişi, unga vitse-prezidentlar, vazirlar va yuqori mansabli amaldorlarni tayinlaş böyiça vakolatlar berilişi nazarda tutilgan. Boş vazir lavozimi bekor qilinadi. Vazirliklar tuzilmasi va ularni taşkil etiş, yopiş, vakolatlar beriş hamda majburiyatlari prezident farmonlari bilan belgilanadi. Favqulodda holat rejimini e'lon qiliş huquqi prezidentga beriladi, parlament esa davlat rahbarining FH rejimi böyiça qarorini tasdiqlaydi. Davlat rahbari qonuniy kuçga ega bölgan boşqa farmonlarni ham çiqarişi mumkin, ular parlament tasdiğisiz kuçga kiradi, biroq keyinçalik qonun çiqaruvçilar uni rad etişsa, bekor qilinişi mumkin.












