Ma'lumki, 2017 yilning 1 aprelidan “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini işonçli himoya qiliş kafolatlarini ta'minlaşga doir qöşimça çora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun kuçga kirdi. Unga muvofiq jinoiy jazolar tizimiga “majburiy jamoat işlari” joriy etilib, “qamoq” tariqasidagi jinoiy jazo turi bekor qilindi, deb xabar bermoqda Qonunçilik palatasi axborot xizmati.
Jazoning uşbu turlari haqida omma orasida aniq tasavvur yöqligi bois, köpçilikda jinoyat sodir etganlar ham ozodlikda yurişi mumkin ekan, degan tuşunça hosil bölmoqda. Qonunçilik palatasining Qonunçilik va sud-huquq masalalari qömitasi a'zosi Şerzod Töxtaşev mazkur masalaga oydinlik kiritdi:
— Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining jazo tizimida şaxs erkinligini çeklaydigan “ozodlikni çeklaş”, “Ozodlikdan mahrum qiliş” va “Umrbod ozodlikdan mahrum qiliş” jazolari qatorida “qamoq”jazosi ham mavjud edi.
Qamoq jazosi – şaxsni batamom ajratgan şaroit ostida saqlaşdan iborat bölib, bir oydan olti oygaça muddatga tayinlangan hamda hukm çiqarilgan joydagi maxsus qamoq uylarida ötalgan. Bunday jazo turi ijtimoiy xavfi katta bölmagan va unça oğir bölmagan jinoyatlarni sodir etgan şaxslarga nisbatan qöllanilgan.
Endilikda, qonunçiligimizga kiritilgan yangiliklarga köra jazoning uşbu turi bekor qilindi. Lekin, qamoq jazosining bekor qilinişi şaxsni erkinligini çeklaydigan boşqa jazolarni tayinlanmasligini anglatmaydi.
Şaxsni sodir etgan jinoyatining xavflilik darajasiga qarab ozodlikdan mahrum qiliş yoki ozodlikni çeklaş jazolari tayinlanadi.
Ozodlikdan mahrum qiliş mahkumni jamiyatdan ajratib jazoni ijro etiş koloniyasi yoki turmaga joylaştirişdan iboratdir.
Ozodlikdan mahrum qiliş bir oydan yigirma yilgaça muddatga belgilanadi. Qonunçiligimizga muvofiq turmaga qamaş tariqasidagi ozodlikdan mahrum qiliş, jazoning muayyan qismiga, lekin beş yildan köp bölmagan muddatga öta xavfli retsidivistlarga, hamda oğir yoki öta oğir jinoyati uçun beş yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etişga hukm qilingan şaxslarga nisbatan tayinlanişi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, kiritilgan özgartiş va qöşimçalarga muvofiq şaxs erkinligini çeklaydigan barça jazo turi emas, balki qamoq jazosi bekor qilindi.

















