Şimoliy Koreya fronti Donald Tramp ma'muriyati diqqat markazida bölib turibdi, ayniqsa yakşanba kuni ular özlarining yangi ballistik raketasini muvaffaqiyatsiz uçirgaç. Xavfsizlik böyiça Trampning boş maslahatçisi, general-leytenant Gerbert Makmasterning aytişiça, AQŞ KXDRning nayrangu-fitnalariga munosib javob beriş uçun "Xitoy bilan turli usullarda hamkorlik qilişi kerak". Quyida Şimoliy Koreyaning yadro va noyadro qurollari borasida bir neçta xarita keltirilgan.

Yaqin masofada amalga oşiriş mumkin bölgan tahdidlarning eng bevositasi — çegaralar böylab joylaştirilgan Şimoliy Koreya artilleriyasidir. U Janubiy Koreyaning katta hududida zarba bera olişi mumkin: bu holda eng köp talofat köradigan hudud — çegaradan 15 km uzoqlikda joylaşgan şaharlar böladi. Lekin, Stratfor ma'lumotlariga köra, juda oğir artilleriya zarbalariga mamlakat poytaxti Seul ham duçor bölişi mumkin.

Keyingi grafikdan körinib turibdiki, hozirgi yetakçisi vaqtida Şimoliy Koreya uning otasi va bobosi rahbarlik qilgan davrlardan ham köra köproq ballistik raketalar uçirgan.

Bloomberğning qayd etişiça, Kim Jong-Un 2011 yilda hokimiyat tepasiga kelgaç, mamlakat yadro dasturi taraqqiyotini yanada tezlaştirgan va hozir mamlakat Janubiy Koreya va Yaponiyaga 20 ta atom bombasi taşlaş qudratiga ega. Endi rejim uzoq radiusli raketalar yaratiş ustida iş olib bormoqda, maqsadi — yadro kallagini Amerika Qöşma Ştatlari poytaxtigaça elta oladigan raketa yaratiş. Bu grafik KXDR raketa arsenali haqida biz bilgan jamiki ma'lumotlarni umumlaştiradi.

 

Keyingi illyustratsiyada Şimoliy Koreya ballistik tizimi uçun maksimal hisobiy diapazon tasvirlangan. Garçi, Tepodong-2 va KN-14 kabi "eng zamonaviy" raketalarning yetkaziliş radiusi borasida fikrlar turliça bölsa-da, ular AQŞ hududining katta qismiga tahdid sola oladi, deb gumon qilinadi.