Peterburg terakti taşkilotçisi sifatida qölga olingan Abror Azimov sud zalida aytib ötdiki, u öziga qöyilayotgan asosiy ayblovni rad etadi.

«Hibsga olinişimga qarşi emasman. Portlaşga aloqadorligim haqida esa tan olganim yöq — men bunday demadim. Mening iştirokim bor, ammo töğridan-töğri aloqador emasman. Menga körsatma berişgan. Men bu terrorçilik harakatida iştirok etayotganimni bilmaganman», deya Azimovning sözlarini keltirgan RIA Novosti.

Bundan oldinroq Azimov terakt taşkilotçisi ekanini tan olgani haqidagi xabarni rad etgandi.

Abror Azimov Peterburg terakti taşkilotçisi bölganini tan oldi

Uning sözlariga köra, unga bitta guruh berilgan, ammo uning özi teraktda kim iştirok etayotganini bilmagan. Azimovga qanday guruh berilgani va kim bergani hozirça noma'lum.

«Rossiya fuqarosiman, ma'lumotim örta maxsusdan ham quyi — faqat 7 sinfni tamomlaganman. Oilaliman, 2014 yilda tuğilgan farzandim bor. Rasman heç qayerda işlamayman», deya körsatma bergan Azimov.

Tergovçilar huquq tartibot organlarida Abror Azimovni portlaşga aloqador şaxs sifatida qölga oliş uçun asos bölganini qayd etişgan. Tergov uni 1 oyu 16 kunga, 3 iyun kuniga qadar hibsga olişni söragan.

3 aprel kuni Sankt-Peterburg metrosida «Sennaya ploşçad» va «Texnologiçeskiy institut» bekatlari oraliğida portlaş röy berdi. «Ploşçad Vosstaniya» bekatida ham portlovçi qurilma topildi va zararsizlantirildi. Terakt oqibatida 15 kişi halok bölib, 49 kişi jarohatlandi.

Tergov qömitasi uşbu terakt kelib çiqişiga köra qirğizistonlik bölgan 22 yoşli Akbarjon Jalilov tomonidan sodir etilganini e'lon qildi. 

Terakt taşkilotçiligida gumon qilinib 17 aprel kuni Moskva şahri yaqinida kelib çiqişiga köra markaziy osiyolik bölgan Abror Azimov qölga olindi. FXX ma'lumotlariga köra, 1990 yilda tuğilgan Azimov xudkuş terrorçi Akbarjon Jalilovni tayyorlaş bilan şuğullangan.