Birlashgan Arab Amirliklarida Roads and Transport Authority davlat tashkiloti so‘nggi uch yil davomida avtomobil raqamlari bo‘yicha kimoshdi savdolarda 38 million 400 ming dollar ishlab topdi. Quyida qanday avtomobil raqamlari qimmatroq turishi va ularni kimlar xarid qilishi haqida qiziqarli ma'lumotlar beriladi.
Ayni kunga kelib, savdolardagi rekord narx 14 200 000 dollarni tashkil etadi: 2008 yilda Abu Zabi amirligining 1 raqamli avtomobil raqami Said Abdul Jafar Al Huri tomonidan xarid qilingan va u raqamni o‘zining Bugatti Veyron mashinasiga ilib qo‘ygan.
BAAdagi boshqa amirliklar Abu Zabidan hajmi bo‘yicha ham kichikroq, ham bir qadar «kambag‘alroq». Masalan, Sharja amirligida shunday raqam 4 900 000 dollarga sotib olingan. Gap shundaki, bu istalgan avtomobildan baribir qimmatroqdir. Xuddi o‘sha «Veyron»lar 450 nusxada chiqarilgan, 1 raqami esa – hozircha bitta.

Ikki sonli raqam bir qadar arzonroqqa tushadi - 500 000 dan 2 000 000 dollargacha. Uch sonlilar orasida esa avtomobil modellari indeksi ancha ommabop: 488 (xuddi shu nomdagi Ferrari modeli kabi), 911 (Porsche), 918 (yana Porsche), to‘rt sonlilar esa tug‘ilgan yil yoki Amirliklarda uch yildan so‘ng o‘tkaziladigan Ekspo-2020 butunjahon ko‘rgazmasi sanasi bilan bog‘liq tarzda xarid qilinadi.
Bundan tashqari, ancha kulgili vaziyatlar ham uchrab turadi – masalan, inson raqamni xarid qiladi, dastlabki pullarni to‘laydi, biroq lotning to‘la qiymatiga mablag‘i yetmay qoladi. O‘tgan yilning noyabrida Abdulla Al Mahri ismli shaxs Abu Zabi amirligining bitta raqamli avtomobil belgisini 8 400 000 dollarga sotib oldi va auksionchilarga o‘zida aslida yo‘q bo‘lgan summali chekni bergan.
Al Mahri raqamni qandaydir yo‘l bilan qayta sotib, shu tariqa to‘lovni amalga oshirmoqchi bo‘lgan, biroq Roads and Transport Authority unga lotni bermadi hamda ishni sudga oshirdi.

BAAda raqamlar sotuvida asta-sekin manfaatdor shaxslarning alohida doirasi shakllanib qoldi. Ular nafaqat o‘z maqomlarini oshirishmoqchi, balki biznes-sheriklar ko‘z o‘ngida ham o‘z hurmatlari darajasini ko‘paytirishni maqsad qilganlar.
Noyob raqam belgilari qiymati hozircha faqat ko‘tarilmoqda, hamda investorlar ularni avtomobilga osishga shoshilayotgani yo‘q – bu narxni tushirib yuborishi mumkin.



















