Bugun sayt muxbiri Toşkent şahar IIBB va Yunusobod tumani IIB tomonidan ikkinçi jahon uruşi qatnaşçisi, IIB sobiq mayori Afanasiy Ivanov xonadoniga taşrif buyurdi. Şu yili özining 90 yoşini nişonlovçi uruş faxriysiga prezident tomonidan ajratilgan 2 million söm miqdoridagi mukofot puli topşirildi.
Qayd etib joizki, Afanasiy Daniloviç Ikkinçi jahon uruşida iştirok etgan va butun faoliyati davomida poytaxtning bir neçta tumanlari IIBlarida sidqidildan xizmat qilgan eng yoşi uluğ faxriy hisoblanadi.

Bugungi uçraşuv davomida IIB xodimlari tomonidan çiroyli dasturxon tuzalib, noz-ne'matlar tortiq qilindi. Kun.uz muxbiri ham Afanasiy Ivanov xonadoniga taşrif buyurib, uruş qahramoni bilan suhbat uyuştirdi.

- Hurmatli Afanasiy Daniloviç, avvalambor sizni yaqinlaşib kelayotgan “Xotira va qadrlaş kuni” bilan tabriklaymiz. Armiyada 7 yil xizmat qilgansiz, 2 yil uruşda bölgansiz. Şafqatsiz jang maydonlarida ötgan damlarni qanday xotirlaysiz?
- Eng navqiron 16 yoşimda armiyaga olib ketişdi. Hamon esimda, jang maydonida bir-birini duşman deb sanayotgan xalqlar ayovsiz kuraş olib borar edi. Har tomonda öq ovozi. Bizdan esa bor-yöği bir narsa qat'iy talab qilinar edi – u ham bölsa yigitlik burçini a'lo darajada ado etiş. Dastlab Çegara qöşinlarida xizmat qildim. Berilgan barça topşiriqlarni ziyraklik bilan uddalaşga harakat qilar edim. Men Ikkinçi jahon uruşi yakunga yetgunga qadar duşmanga qarşi kuraşib, xizmatimni ado etdim.

- IIB sohasini tanlaşingizga nima sabab bölgan?
- 1950 yilda armiyadan qaytdim. Yölda menga hamrohlik qilgan özbek döstlarim içki işlar idorasiga işga kirişni tavsiya qilişdi. Şu tariqa men şu kasbda faoliyat olib bora boşladim. Keyinçalik Yuridik fakultetga öqişga kirdim va oila ham qurdim. Bu soha maşaqqatli ekanini bilsam ham tanlagan kasbimdan bir zumga ham afsuslanmaganman. Aynan şu kasbga sadoqatim tufayli tuğilib ösgan yurtim Sibirga qaytib bormay, Özbekistonda qoldim.





















