Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 4 apreldagi “Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilarini rağbatlantiriş töğrisida”gi farmoniga muvofiq 1941-1945 yillardagi Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilarini rağbatlantiriş maqsadida “GM Uzbekistan” aksiyadorlik jamiyatida işlab çiqarilayotgan yengil avtomobillarni navbatsiz şartnomaviy buyurtma beriş orqali xarid qiliş tartibi belgilangan edi.

 Zomin tumanidagi Daştobod şaharçasi, “Baxt” mahallasida istiqomat qiluvçi 97 yoşli uruş faxriysi Umrzoq bobo Anorboyev ana şunday imkoniyatdan foydalangan jizzaxlik faxriylardan sanaladi. Otaxonga “Damas” rusumli avtomaşina  Jizzax viloyati hokimining örinbosarlari, tuman hokimligi, turli jamoat taşkilotlari vakillari, “Kamolot” YoIH yetakçilari hamda mahalla raislari iştirokida tantanali tarzda topşirildi. Bu haqda Jizzax viloyati hokimining örinbosari Eştemir Ismatov Kun.uz’ga ma'lum qildi.

– Uruşning maşaqqatini biz his etdik, farzandlarimiz aslo körişmasin, – deydi uruş qatnaşçisi U.Anorboyev. – Bugungi dorulomon kunlarga yetkazganiga şukr. Qiyinçilik kunlar ortda qoldi. Endi yurtimizning farovonligi yölida mehnat qiliş, uning ravnaqiga hissa qöşiş kerak. Hukumatimiz tomonidan körsatilayotgan muruvvatdan behad mamnunman.

“GM Uzbekistan” AJ tomonidan Özbekiston Respublikasi Mudofaa va Moliya vazirliklari huzuridagi byudjyetdan taşqari Pensiya jamğarmasi tomonidan taqdim etilgan hududiy taqsimoti böyiça şakllangan Ikkinçi jahon uruş faxriylarining töliq röyxatidan kelib çiqan holda har bir uruş faxriysi nomiga beriladigan imtiyozli sertifikat işlab çiqilgan edi.  Mazkur sertifikatlarga muvofiq  Ikkinçi jahon uruş faxriylariga “Nuroniy” jamğarmasi va tuman (şahar) mudofaa işlari böyiça bölimlari mutasaddi xodimlari hamda boşqa jamoat taşkilotlari vakillari iştirokida imtiyozli yengil avtomobillar topşiriş boşlandi.

Eslatib ötamiz, har bir uruş faxriysi Sertifikatda körsatilgan imtiyoz asosida sotib olingan avtomobilga birinçi va ikkinçi texnik xizmat körsatiş “GM Uzbekistan” AJ tomonidan bepul amalga oşiriladi, imtiyoz bir martalik hisoblanib, 2017 yil 31 dekabrgaça amal qiladi.

Ayni paytda Jizzax viloyati böyiça 61 nafar uruş faxriylari şunday sertifikatlarga ega bölişdi.