Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Rossiyaga davlat taşrifi doirasida köplab davlatlararo va hukumatlararo bitim va şartnomalar imzolangandi. Ularning biri «Özbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati örtasida Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun Özbekiston Respublikasi fuqarolarini taşkiliy jalb etiş va işga qabul qiliş töğrisida» Bitimdir. Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi uşbu bitim böyiça tomonlarning huquq va majburiyatlarini tavsif qildi.

Mehnat muhojirlari Rossiyaga borişdan oldin iş va yotoqxona bilan ta'minlanadi

Özbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hukumatlari mazkur Bitmni imzolar ekan, Özbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi örtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari, döstlik va hamkorlik töğrisida 1992 yil 30 maydagi Şartnoma, Özbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi örtasida strategik şerikçilik töğrisida 2004 yil 16 iyundagi Şartnoma, hamda Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi doirasida 1994 yil 15 aprelda imzolangan mehnatkaş-muhojirlarni ijtimoiy himoya qiliş va mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik töğrisida Bitim, Özbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati örtasida Özbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi mehnatkaş-migrantlari-fuqarolarining va Rossiya Federatsiyasining Özbekiston Respublikasidagi mehnatkaş-migrantlari-fuqarolarining mehnat faoliyati va huquqlarini himoya qiliş töğrisida 2007 yil 4 iyuldagi Bitimga asoslandilar.

«Sir emas, ançadan buyon işçi kuçi harakatlanişi jarayonlarini tartibga soliş va huquqiy tartibga solişni yanada takomillaştiriş zaruriyati mavjud edi. Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan mehnatkaş-muhojirlarning huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinişi zarur edi. 

Bitim Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun Özbekiston Respublikasi fuqarolarini taşkiliy jalb etiş va işga qabul qiliş böyiça Tomonlar hamkorligining tartibi va şartlarini belgilab beradi.

Bitimni amalga oşiriş uçun mas'ul vakolatli organlar quyidagilardan iborat: Özbekiston Respublikasi uçun – Özbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi; Özbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi huzuridagi Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi (keyingi örinlarda Agentlik); Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi; Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi; Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi, Rossiya Federatsiyasi uçun – Rossiya Federatsiyasi Içki işlar vazirligi; Rossiya Federatsiyasi Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligi; Mehnat va bandlik böyiça Federal xizmat; Rossiya Federatsiyasi Taşqi işlar vazirligi Rossiya Federatsiyasi Ta'lim va fan vazirligi; Rossiya Federatsiyasi Soğliqni saqlaş vazirligi.