Pokiston oliy sudi "Panama hujjatlari" mojarosi sababli mamlakat boş vaziri Navoz Şarifni iste'foga ketkazişdan boş tortdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda. 

5 sudyadan 2 nafari Şarifning iste'fosini qöllab-quvvatlagan, biroq qolgan 3 sudya Şarif işi böyiça keltirilgan isbotlar yetarliça emasligini aytişgan. Oliy sud Şarifning 4 farzandidan 3 nafariga nisbatan tergov ötkaziş kerakligini aytdi. Ular Londonda mulk sotib olişda ofşor kompaniyalardan foydalanganlikda gumonlanmoqdalar. Tergov harakatlari maxsus komissiya tomonidan amalga oşiriladi, u ikki oydan keyin natijalarni taqdim qilişi kerak. Şarif va uning yaqinlari barça ayblovlarni inkor qilişmoqda.  

Bu orada Pokiston muxolifati Şarifning zudlik bilan iste'foga ketkazilişini talab qilmoqda. "Taxriq-a-Insof" partiyasi yetakçisi Imron Xon tergov ostida bölgan odam boş vazir lavozimini egallay olmasligini aytgan. Xonning aytişiça, Şarif tergov tugagandan keyin, agar öz aybdorsizligini isbotlay olsa, yana öz lavozimini egallaşi mumkin.

"Panama hujjatlari"ga köra, 200 dan köproq pokistonlik ofşor kompaniyalarga ega. Ular orasida Şarifning ikki öğli – Hasan va Husan hamda qizi Maryam, Şarifning ukasi va Panjob viloyati boş vaziri Şahboz Şarifning ikki raqifasi yaqinlari bor.