Şavkat Mirziyoyev Olmazor tumanidagi «Tabassum» mahalla fuqarolar yiğinida böldi. 

ÖzA xabariga köra, davlat rahbari mahalla hayoti bilan tanişib, aholi bilan muloqot qilgan. Uçraşuvda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça islohotlar, yoşlar ma'naviyatini yuksaltiriş, kitobxonlik madaniyatini oşiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar haqida fikr almaşildi. 

«Mahallalar tom ma'noda madaniyat va ma'naviyat maskaniga aylanmoği lozim, buning uçun aholi, ayniqsa, yoşlarning kitobga qiziqişini oşiriş zarur. Kitob insonga bilim beradi, uning ma'naviy olamini boyitadi, Vatanni sevişga örgatadi», degan prezident.

«Tabassum» mahallasidagi 27 köp qavatli uyda 5 ming 300dan ziyod turli millat vakillari istiqomat qiladi. Mahalla fuqarolar yiğini markazi binosida quriliş işlari amalga oşirilmoqda. Bu yerda mahalla raisi, kotib va maslahatçilar, profilaktika inspektori uçun alohida xizmat xonalari bölişi közda tutilgan. Sartaroşxona, «Gözallik saloni», savdo dökoni, novvoyxona quriş rejalaştirilgan. Bu xalqimizga xos hamjihatlik, mehr-oqibat fazilatlarini yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi. 

Yaqinda mahalla hududida bolalar maydonçasi, mini-futbol maydoni qurilib, foydalanişga topşirildi. Bu mahalla yoşlari uçun yana bir qulaylik böldi. 

Har bir rahbar odamlarning dardiga quloq solişi, muammolarini hal qilişi, bir söz bilan aytganda, ularni rozi qiliş taşvişi bilan işlaşi kerak, dedi davlatimiz rahbari. Şundagina ularning davlatga, kelajakka işonçi ortadi. Mahallalarni obod qiliş, xalqqa barça qulay şaroitlarni yaratiş bu borada muhim ahamiyatga ega. 

Prezident mahalladagi köp qavatli uylar, maktabgaça ta'lim muassasalari atrofini obodonlaştiriş, yölaklarni ta'mirlaş böyiça mutasaddilarga körsatmalar berdi.