21 aprel kuni Toşkentdagi "Media Holl" majlislar zalida vazirlik va idoralar, şuningdek OAV vakillari iştirokida Harakatlar strategiyasining birinçi çorak natijalariga bağişlangan anjuman bölib ötdi. Ta'kidlaş joizki, 2017 yilning 1 mart kuni "Taraqqiyot strategiyasi" markazi rasman öz işini boşlagan.
Markazning asosiy vazifalaridan biri - jamoatçilik va davlat idoralari örtasida öziga xos köprik rolini bajariş. Şu sa'y-harakatlar natijasida ötkazilgan bugungi tadbirda jurnalistlar öz savollarini davlat idoralari xodimlariga yöllaşdi.
"Kun.uz" muxbiri ham Taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari Javlon Vahobovga quyidagi savol bilan murojaat qildi: "Ayni damda mamlakatimizda turzim sohasi tobora rivojlanib borayotgani quvonarli holat. Xorijdan yurtimizni tomoşa qiliş uçun keladigan sayyohlarga viza tizimini osonlaştiriş, ayniqsa, nafaqaxör va guruh bölib sayohat qiluvçi Yaponiya, Koreya, Italiya, Germaniya, Şvetsiya, Skandinaviya kabi davlat vakillariga viza olişni keskin osonlaştiriş çoralari qay darajada amalga oşirilmoqda?"
"Bu masala yuzasidan 4-5 oy davomida jiddiy islohotlarni amalga oşiriş böyiça köplab işlar körib çiqilmoqda. Yaqin 5 yil içida bu masala böyiça aniq bir yeçimni topiş maqsad qilingan. 2021 yilga kelib xorijlik sayyohlar, jumladan, siz yuqorida ta'kidlab ötgan nafaqa yoşidagi va guruh bölib yuruvçi sayyohlar uçun viza oliş jarayonini mutlaq yengillaştiriş işlari töliq amalga oşiriladi. Şu örinda, Yevropa Ittifoqi davlatlari, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Tinç okeani ortidagi mamlakatlar, jumladan, Janubiy Koreya, Yaponiya davlatlari fuqarolari ham vizalarni oson qölga kiritişlari uçun imkon yaratiladi", - deya javob berdi TIV birinçi öribosari Javlon Vahobov.

















