Özbekiston Respublikasi prezidentining “2017-2021 yillarda maişiy çiqindilar bilan boğliq işlarni amalga oşiriş tizimini tubdan takomillaştiriş va rivojlantiriş böyiça çora-tadbirlar töğrisida”ga qarori e'lon qilindi.

“Keyingi yillarda mamlakatimizda aholi punktlarining sanitariya jihatdan tozaligini yaxşilaş böyiça keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda. Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 4 dekabrdagi “Respublika aholi punktlarida sanitariya jihatidan tozalaş tizimini rivojlantiriş va takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi 315-sonli qarorini amalga oşiriş doirasida 2014-2016 yillarda şaharlarimizda qöşimça ravişda şu yönalişga ixtisoslaştirilgan 41 ta taşkilot hamda tuman obodonlaştiriş boşqarmalarida maişiy çiqindilardan tozalaş böyiça 157 ta xöjalik hisobidagi uçastka taşkil etildi”, — deyiladi qarorga ÖzA tomonidan e'lon qilingan şarhda.

2014-2016 yillarda sanitariya jihatidan tozalaşga ixtisoslaştirilgan taşkilotlar va tuman obodonlaştiriş boşqarmalarini zamonaviy maxsus texnikalar bilan ta'minlaş dasturlari amalga oşirildi. Ana şu dasturlar doirasida 1427 ta texnika vositasi xarid qilingan bölsa, ularning 990 tasi maişiy çiqindilarni taşib ketadigan avtotransportlardir.

Respublikamiz şahar va tuman markazlaridagi turar joy mavzelarida tasdiqlangan namunaviy loyihalar asosida 14 mingdan ortiq çiqindi töplaş punkti taşkil etildi va 10 mingdan ziyod konteyner örnatildi.

Kompleks tadbirlar va dasturlarni amalga oşirişga davlat byudjyetidan 343,1 milliard söm yönaltirildi va tijorat banklarining 20 milliard sömlik imtiyozli kreditlari jalb etildi.

Iste'molçilarga sanitariya jihatidan tozalaş xizmatlari körsatiş böyiça normativ-huquqiy baza takomillaştirildi. Hukumat qarorlari asosida maişiy çiqindilarni töplaş va taşib ketiş xizmatlari körsatiş qoidalari, sanitariya jihatidan tozalaşga ixtisoslaştirilgan taşkilotlar va obodonlaştiriş boşqarmalarining qattiq maişiy çiqindilarni taşib ketiş böyiça xizmatlar körsatadigan uçastka xodimlari mehnatiga haq tölaş hamda ularni moddiy rağbatlantiriş tartibi töğrisida nizom va boşqa bir qator normativ hujjatlar tasdiqlandi.

Şu bilan birga, qattiq maişiy çiqindilarni taşib ketişni taşkil etiş va ulardan foydalaniş sohasida xususiy tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantiriş borasida hali hal etilmagan qator muammolar mavjudligidan köz yumib bölmaydi.

Qattiq maişiy çiqindilarni taşib ketiş işlarini taşkil etiş masalasi, avvalo, bunday çiqindilarni töplaş, utilizatsiya qiliş hamda qayta işlaş böyiça aniq va amaliy tizimni yölga qöyişni talab etadi. Hozirgi vaqtda çiqindilar töplanadigan mavjud poligonlar sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena me'yorlariga töliq javob bermaydi. Aksariyat joylarda çiqindilar tartibsiz ravişda töplanadigan punktlar hamon saqlanib qolmoqda va ular tutaş hududlarning sanitariya-epidemiologiya holatini yomonlaştirib, yuqumli kasalliklar paydo bölişi hamda tarqalişiga şaroit yaratmoqda.