Farğona viloyati Qöqon şahrida yangi rahbarlar tayinlandi. «Kun.uz» bergan ma'lumotga köra, şaharga Jalilov Rahmatali Qambaroviç yangi hokim bölgan. U 11 aprel kuni ötkazilgan videoselektor davomida prezident tomonidan işdan olingan Abdullayev Akramjon örnida iş boşladi.
Jalilov Rahmatali Qambaroviç 1958 yili Özbekiston tumanida tavallud topgan. 1982 yili Toşkent Politexnika institutini tamomlagan. Mutaxassisligi muhandis-texnolog, iqtisodçi -boşqaruvçi. 1996 yili Davlat prezident akademiyasini tamomlagan. Oilali, 4 nafar farzandi bor.
Bungaça Farğona viloyati hokimi örinbosari lavozimida işlagan. Jizzax, Xorazm va Surxondaryo viloyatlaridagi quriliş işlarida Özbekiston Respublikasi prezidentining işonçli vakili bölgan.
Şu videoselektor davomida işdan olingan şahar prokurori, soliq boşliği va içki işlar boşliği örniga ham yangi rahbarlar tayinlangan.
Endilikda Qöqon şahar prokurori lavozimida Buvayda tumani prokurori lavozimida işlab kelgan Fozilov Ğayratjon Sobiroviç iş boşladi.
Qöqon şahar IIB boşliği lavozimiga Uçköprik tumani IIB boşliği lavozimida işlagan Ğofurov Ziyohiddin Nigmatoviç tayinlandi.
Qöqon şahar Davlat Soliq Inspektsiyasi rahbari lavozimiga, uşbu idorada rahbarning birinçi öribosari lavozimida işlagan Usmonov Husanxon Sultonxonoviç tayinlangan.
















