Özbekiston Içki işlar vaziri qator lavozim tayinlovlarini amalga oşirdi. Bu haqda “Postda” gazetasi xabar bermoqda.
Ma'lum bölişiça, podpolkovnik Ğofurov Ziyohiddin Ne'matjonoviç Farğona viloyati Qöqon şahar IIB boşliği lavozimiga tayinlangan.
Bundan taşqari, podpolkovnik Ketmonov Iqboliddin Homidjonoviç – Andijon viloyati IIB Taşkiliy-inspektorlik bölimi boşliği lavozimiga, podpolkovnik Hamidov Doniyor Ne'matoviç – Andijon viloyati Andijon tumani IIB boşliği lavozimiga, podpolkovnik Nozirov Rahimjon Rözimurodoviç – Buxoro viloyati Olot tumani IIB boşliği lavozimiga, podpolkovnik Törayev Dilşodbek Saydullayeviç – Namangan viloyati Uçqörğon tumani IIB boşliği lavozimiga tayinlangan.
Avvalroq, 11 aprel kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida ötkazilgan videoselektor yiğilişida Qöqon şahar hokimi, şahar prokurori, soliq boşliği va içki işlar boşliği işdan olingani haqida xabar bergandik.
















