Janubiy Koreya KXDR artilleriya pozitsiyalarini aniqlaş uçun harakatlanuvçi radar qurilmasining takomillaşgan namunasini işlab çiqdi. Bu haqda Koreya qurol-yaroğlar xaridi böyiça boşqarmasi ma'lum qildi. 

Unga köra, 2011 yil noyabr oyidan beri 54 milliard Janubiy Koreya voni (50 mln AQŞ dollariga yaqin) sarflangan yangi tizim 2018 yilda jangovar safga qabul qilinadi. 

"Aprel oyida ötkazilgan sönggi sinovda tizim qurolli kuçlarning barça operativ topşiriqlarini bajardi hamda u jangovar harakatlarga mos, degan xulosaga kelindi", — deyiladi boşqarma xabarida. Unga köra, yangi radar qurilmasi Seulni KXDRning uzoq masofani nişonga oladigan artilleriyasidan himoyalaş va ularni yöq qilişda markaziy örin tutadi. 

Ayni vaqtda, Janubiy Koreyada SAAB kompaniyasi işlab çiqqan ARTHUR-K radari mavjud. Biroq, yangi mahalliy radiolokatsiya tizimi qamrovi va taktik tavsiflariga köra, undan 30-40 foizga ustundir. 

Seul ikki Koreya davlatini ajratib turuvçi hududdan avtomobilda bir soatlik uzoqlikda joylaşgan.